Kurs ishining maqsadi - 2-sinf o’quvchilarining matematik bilimlarini shakillantirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqarishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari: 1) Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining tashkil etilishini kuzatish va tahlil qilish;
O’quvchilarda miqdorlarni o`rganish malakalarini shakllantirish yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malakalarini aniqlash.
matematika dasturida asosiy miqdorlar sifatida uzunlik, sig`im, massa,
vaqt va hajmlarni o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullarini kuzatish.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati:
boshlang`ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish bilan
bog‘lab о‘qitish asosida tarbiyalashga yangicha yondashuv aniqlandi;
boshlang`ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish va bilimini mustahkamlashga doir ishlanmalar mazmuni ishlab chiqiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati:
Ishlab chiqilgan tavsiyalar boshlang`ich sinf sinf matematika darslarining samaradorligini oshirish imkoniga ega.
о‘quvchilarni bilimli va komil inson qilib tarbiyalashda, ota-onalar, о‘qituvchi va jamoatchilikda foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining ob’yekti –Termiz shahar 16-maktabning boshlang`ich sinf o‘quvchilari, ko‘rgazmali qurollar va vositalar hamda darsliklardan iborat .
Kurs ishining predmeti – Miqdorlar va uning o‘lchov birliklarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarga yetkazishdir.
Kurs ishining asosiy metodisifatida psixologik, pedagogik va yо‘naltiruvchi adabiyotlardan, amaldagi dasturlar, darsliklar va matematikaga oid о‘qu qо‘llanmalar tahlilidan, pedagogik kuzatuv va tajribalar, suhbatlardan foydalandik.