Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


- sinflarda matematika darslarida uzunlik olchov birliklarini



Yüklə 243,64 Kb.
səhifə14/16
tarix16.05.2023
ölçüsü243,64 Kb.
#114185
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
QULMUXAMADOVA GULSHANOY

2.3. 2- sinflarda matematika darslarida uzunlik olchov birliklarini
o`rganishga doir tavfsiyalar


1 asr 1 yil 1oy 1 kun 1 soat 1min

100 yil 12oy 30yoki 31 24 60 min 60 sek


Mavjud dastur bo‘yicha vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi tshlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.
2-sinfda “Vaqt o‘lchovlari” mavzusini o‘rgatishda bolalar vaqt o‘lchovining asosiy birliklari haqida konkret tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Bular yil, hafta, sutka, soat, minut.
Ma’lumki, vaqt o‘lchovlari, o‘lchovlarning metrik tizimidan farqli o‘laroq bevosita o‘lchash imkoniyatini bermaydi. Bu xol turli ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish kerakligini ko‘rsatadi.
1. Tabel-kalendar. Joriy yil uchun bunday tabel-kalendarni o‘quvchilarning o‘zlari o‘qituvchi raxbarligida mehnat darslarida tayyorlaydilar.
2. Soatlarning namoyish modellari.
3. Maktab o‘quvchisining kundalik rejimli jadvallari.
Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo‘laklari bo‘lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. O‘quvchilarga kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashni, sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishini tushuntirish kerak.
Shundan keyin soat va minut qaraladi. Soat va minut bilan tanishtirishga bag‘ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o‘lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka 24 soatdan, 1 soat 60- minutdan iborat.
2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi.
2-sinfda esa sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berish mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach, bolalar ham qarsak chalishni tushuntiradi2. (bolalar bir minut vaqt o‘tish uchun 60 gacha sanashlari kerak.). Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda berilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar. Quyida 3-sinf “Matematika” darsligidan 587-masalani echamiz. 587-masala. Soat qaysi vaqtni ko‘rsatmoqda? Bir vaqtni har xil bayon eting:






Javoblar:



  1. Soat 3 dan 5 minut o‘tdi yoki soat 3 u 5 minut:

  2. Soat 6 dan 15 minut o‘tdi yoki saot 6 yu 15 minut, yoki 6 dan chorak soat o‘tdi;

  3. Soat 5 u 30 minut yoki besh yarim

Har bir miqdorni o’rganishninmg o’ziga hos hususiyetlari mavjud bo’lsada, biroq narsaning yoki hodisalar hossalarini o’rganishga umumiy yondashish miqdorlarini o’rganishning umumiy hususiyat haqida gapirish imkonini beradi . Bu usluybiyot asosida amaliy usul yotadi narsalar bilan ishlash asosida aniq hisiy qabul qilish qobilyatiga tayanib kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo’lgan xossalar bilan tanishtirish mumkun.


Miqdorlarni o’rganish bo’yicha dasturni rejasi taxminan bunday :
1- bosqich narsaning ko’plab xossalari orasidan o’rganilayotgan xossani aniqlash. Bu bosqichda o’rganilayotgan taqqoslash usulidan foydalaniladi har bir narsa yakkalab qo’yilmasdan , balki boshqa narsalar bilan taqqoslashgan holda beriladi dastlab taqqoslanayotgan hossalar orasidagi farq keskin bo’lishi lozim . Bolalar belgilar orasidagi farqni tushunib olganlaridan so’ng farq kamaytirilishi mumkun. Masalan, bunday taqqoslaymiz: Kitoblar solingan partufel ogirroqmi yoki daftarmi, dars uzunroqmi yoki tanaffuzmi sinf honasi kop’proq joyni egallaydimi yoki sportzalmi ?
2 – bosqich bir jinsli xossalarni taqqoslashni turli ussullar bilan o’tkazish mumkun: ko’z bilan ko’rib, hissiy yo’l bilan, ustiga qoyish bilan turli o`lchovlar yordamida. O`lchovlar yordamida taqqoslash miqdorini beradi .
3 – bosqich atamani kiritish va miqdorning o’lchov birligi bilan tanishtirish
4 – bosqich o’lchov asbobi bilan va unda foydalanish qoidalari bilan tanishtirish . Uchinchi sinfda ham uzunlik o’lchovlari 2 – sinfdagiga oxshash kiritiladi
o’quvchilarga ma’lum o’lchov birliklarini , ularning munosabatini takrorlash va yangi o’lchov birligini kiritish zarur bo’lgan halatni yaratish zarur Amaliy masalani yechayotib, masalan, sinfning enini va bo’yini o’lchayotib, bunday savol qo’yamiz: ”sinfning boyini santimetr, distimetr yordamida o’lchash mumkunmi?
kopchilik o’quvchilar: “yo’q mumkun emas deb qatiy javob berishadi. Lekin bunday javob beradigan bolalar ham topiladi “ mumkun lekin qulay emas, chunki o’lchovlarimiz kichkina“. Oqtuvchi yangi o’lchov birligi – metrni kiritadi. Metr
modeli mehnat darsida turli rangli 11 santimetrli tasmalardan yelimlab
yopishtiriladi (1–santimetr yelimlashga ketadi). Metr modelini 80–90 sm li yog’och taxtachalardan ochilgan serkul serkul shaklida yasash mumkun. Bunday serkul bilan karidorning (sinfning) bo’yini o’lchash, maydonchada 60 – m li va 100–m li yugurish yo’laklarini belgilash qulaydir.
Ma’lumki, o‘tilgan mavzuning qiziqarli va o‘quvchilar ongida mustahkam joy olishida didaktik o‘yinlarning roli juda muhimdir. Chunki, turli didaktik o‘yinlardan foydalanilgan darsni o‘quvchilar oson va qiziqish bilan qabul qiladilar.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish bilan birga dangasa o‘quvchilarning eng yaxshi ko‘rgan “ko‘chirib olish”ga yo‘l qo‘ymaydi. Quyida shunday o‘yinlardan misollar keltirilgan.

Yüklə 243,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin