Savdo korxonalarida tovarlar hisobi 2910 – «Tovarlar» aktiv schetida yuritiladi. Ushbu schetda
tovarlarni sotish bahosi aks ettiriladi. Ushbu tovarlarni sotib olish bahosini aniqlash uchun,
tartibda soluvchi kontraktiv schet 2980 – «Savdo ustamasi» dagi ma’lumotlardan foydalanish
zarur.
Masalan: korxonadagi tovarlar qoldig‘i 2910 – «Tovarlar» scheti debetida 4.500.000 so‘m
deb aks ettirilgan, 2980 – «Savdo ustamasi»
scheti kreditidagi qoldiq esa, shu tovarlarga
belgilangan savdo
ustamasi miqdorini bildiradi, bu summa 675.000 ni tashkil etadi deb faraz
qilaylik.
4 500 000– 675 000 = 3 825 000 sum.
3 825 00 so‘m korxonadagi tovarlar sotib olish bahosini bildiradi.
Kontrpassiv schetlar aktiv schetlar bo‘lib, ular ba’zi xo‘jalik mablag‘lari
tashkil topish
manbalari ma’lumotlarini tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Masalan: 8600- «Sotib olingan
o‘z aksiyalarini hisobga oluvchi schetlar»
To‘ldiruvchi schetlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga
mo‘ljallangan schet ma’lumotlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Masalan: 1510 – «Materiallarni tayyorlash va sotib olish», 1610 – «Materiallarning
qiymatidagi farq» schetlari to‘ldiruvchi schetlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: