Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


analytical account. The following examples illustrate the difference between synthetic and



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

analytical account. The following examples illustrate the difference between synthetic and 
analytical systems and their interconnectedness.”
5
 
Ya`ni Analitik hisob xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari haqidagi 
ma’lumotlarni ularning alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar orqali olishda 
foydalaniladi. Analitik schyotlar miqdori u qo‘llanilayotgan korxona, tashkilot va 
xo‘jalikning qaysi sohasida ekanligiga, ularning faoliyat doirasi katta yoki kichikligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Analitik schyotlar bo‘yicha yuritiladigan hisob analitik hisob deyiladi. 
Quyidagi misollar orqali sintetik va analitik schyotlarning bir-biridan farqi va shu bilan 
birga ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib o‘tiladi. 
«Tovarlar» schyoti 2900 raqami bilan belgilanib, sintetik schyot hisoblanadi. Tovarlar 
xo‘jalik mablag‘- larining aylanma aktivlar qismiga kirib, muomala sohasida bo‘ladi. SHuning 
uchun ham bu schyot aktivdir. «Tovarlar» schyoti debeti qoldig‘idagi summa savdo korxo- 
nasidagi mavjud bo‘lgan tovarlar qiymatini bildiradi, ammo tovarlarning qaysi turidan qancha 
qolganligi haqidagi ma’lumotni ham pul o‘lchov birligida, ham natura o‘lchov birligida analitik 
schyotlar orqali olish mumkin.
Sintetik va analitik schyotlarning bir - biridan farqi shundaki, sintetik schyotlarda xo‘jalik 
mablag‘lari va ular manbalari umumlashtirib ko‘rsatilsa, analitik schyotlarda esa ular haqidagi 
ma’lumotlar ularning turlari bo‘yicha alohida-alohida hamda uch o‘lchov birligi ham qo‘llanilib 
aks ettiriladi.
Misol. Tovarlarning umumiy qiymati 2910 — «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotidan 
olinadi, ya’ni 30320000 so‘m. SHundan, sovutkichlar: «SINO» — 2 ta 1000000 so‘mdan, jami 
2000000 so‘m; «Orsk» — 8 ta 1200 000 so‘mdan, jami 9 600000 so‘m; «DAEWOO » —
10 ta 800000 so‘mdan, jami 8000000 so‘m; videokameralar: «DAEWOO » —2 ta 1400000 
so‘mdan, jami 2800000 so‘m; «Samsung»—2 ta 1960000 so‘mdan, jami 3920000 so‘m; 
«Philips» 2 ta 2 000000 so‘mdan, jami 4 000 000 so‘mni tashkil etadi. Bu mablag‘lar sotish 
uchun «Ombordagi tovarlar» sintetik schyotida hisobga olinadi va har biri uchun alohida-alohida 
kartochka ochiladi. Mana shu kartochkalar analitik schyotlar deb ataladi.
Analitik schyotlardagi ma’lumotlarning jami ularni umumlashtiruvchi sintetik schyotning 
ma’lumoti bilan teng kelishi zarurligi —bu schyotlarning o‘zaro aloqadorligini va bir-birini 
to‘ldirib borishini bildiradi. Korxona xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini 
ifodalovchi sintetik schyot va analitik schyotlar ham xuddi shu tartibda bo‘ladi. Anlitik schyotlar 
korxona mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining har bir turi bo‘yicha alohida-
alohida ma’lumot beradi. Masalan, mashina va uskunalarning eskirishining sintetik hisobi 0230 
— «Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida yuritilib, passiv schyot hisoblanadi. 
Korxonada mavjud bo‘lgan mashina va uskunalarning eskirishi ularning har biri bo‘yicha 
alohida yuritiladi. Bu mashina va uskunalarning eskirishining analitik hisobi ular uchun alohida-
5
Carl S. Warren, James M. Reeve, Jonathan E. Duchac. Accounting.(ISBN:-13: 978-1-133-
60760-1) USA, 2014. 25th edition 


alohida ochilgan inventar kartochkalarda olib boriladi. Analitik hisob yordamida aniqlangan 
eskirish summalari jamlanib, sintetik hisobda 0230 — «Mashina va uskunalarning eskirishi» 
schyotida yuritiladi. Analitik schyotlarning yig‘indisi sintetik schyotga teng bo‘ladi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil 
topish manbalarining holati haqida, umuman korxona xo‘jalik faoliyati, moliyaviy natijalariga 
baho berish uchun balans tuziladi. Ma’lumotlarni balansga ko‘chirishdan oldin hisob ishlari 
to‘g‘ri yuritilganligini hamda xo‘jalik moliyaviy holatiga baho berish va balans tuzish uchun 
aylanma vedomostlari tuziladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlari ko‘rib o‘tilganidek, bir xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning 
tashkil topish man- balari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Oborot vedomostlar esa buxgalteriya 
hisobi schyotlari ma’lumotlarini jamlovchi jadvaldir. 
Oborot vedomostlar korxonaning barcha o‘z mablag‘lari va ularning tashkil topish 
manbalari harakati to‘g‘risi- dagi ko‘rsatkichlarni buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlari 
asosida oylar bo‘yicha umumlashtirish uchun ochiladi. 
Oborot vedomostlari ikki xil bo‘ladi: 
1. Sintetik hisob, sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 
2. Analitik hisob, analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 
Oborot vedomostlarida ob’ektlarning boshlang‘ich qoldig‘i oy davomidagi harakati va oy 
oxiriga qoldig‘i aks ettiriladi. 
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalanadi. 
Sintetik hisob, sintetik schyotlari aylanma vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi: 
Schyotla

raqami 
Schyotlarning 
nomi 
Boshlang‘ic
h qoldiq 
(so‘mda) 
Schyotlarning 
oboroti 
(so‘mda) 
Oxirgi 
qoldiq 
(so‘mda) 
D

K

D

K

D

K

Analitik schyotlarda esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llanilishi ular shaklini 
quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi: 
Ob’ekt 
nomi 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin