Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini baholash va uni amalga oshirish tamoyillari. Ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalari turli bo‘lib, o‘lchov birliklari, shakl hamda tuzilishlari, tashkil topishlari har xil
ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida
mablag‘ va ularning tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o‘zgarishi ham
tabiiy holdir.
Demak, ular hisobining yuritish uchun yagona o‘lchov birligi — puldan
foydalanmaslikning iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda baholanadi. Baholash usullari. Jahonda sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashning quyidagi
usullaridan foydalaniladi:
FIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum — birinchi xarajat;
LIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum — oxirgi xarajat;
AVEKO — o‘rtacha tannarx. Boshlang‘ich qiymat. Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va
umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat.
Qoldiq qiymat. Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan
jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir. Joriy qiymat. Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy
vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy
qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi. Sotish qiymati. Tugatish qiymati — asosiy vositalarning foydalanish muddati tugashi natijasida vujudga
kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar
ayirmasidir. Balans qiymat. Korxona aktivlarining balans qiymati bu hisobot davri oxirida domiy schyotlarda aks
ettriligan qiymat bo‘lib, bu qoldiq qiymatni anglatadi. Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning
boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir.