Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

 
 
3. Hujjatlardagi rekvizitlar va hujjatlarni rasmiylashtirish. 
Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bo‘lishi uchun qo‘yidagi majburiy rekvizitlarga ega 
bo‘lishi zarur: 
 
hujjat (shakl) nomi, shakl kodi; 
 
tuzilgan muddati; 
 
xo‘jalik jarayonini mazmuni; 
 
xo‘jalik jarayoni summasi (so‘zda va sonda); 
 
xo‘jalik jarayoni uchun ma’sul shaxslar nomi,  
 
hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxs nomi va imzosi. 
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda amalga oshirilgan 
muomalalar haqida to‘la - to‘kis fikrga ega bo‘lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash 
uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari 
hisoblangan bu ma’lumotlar uning REKVIZITLARI deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha 
reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni anglatadi.
O‘z xususiyatiga ko‘ra rekvizitlar har xil bo‘ladi. Ular o‘zlarida aks ettirilgan hujjatlarning 
vazifalari va muomalalarning mazmuniga bog‘liq. Mutlaqo aniqki, masalan, ishchiga ish haqi 
hisoblashni rasmiylashtiradigan hujjat (ishbay ishiga naryad)ning rikvizitlari, to‘lov talabnomasi 
(tovarlarning sotilishini qayd etilgan hujjat)ning rekvizitlaridan, albatta farqlanadi.
Lekin har xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan, har qanday muomalani 
buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun zarur bo‘lgan rekvizitlar mavjud bo‘lishi kerak 
Zaruriy xollarda hujjatlarda qo‘shimcha rekvizitlar ham aks ettirilishi mumkin. Masalan, 
hujjat tartib raqami, korxona nomi va manzili, jarayonni sodir etilishi uchun asos
hujjatlashtirilayotgan jarayonni aniqlashga mo‘ljallangan boshqa rekvizitlar. 
Buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitlarda hujjatlar rekvizitlari kod ko‘rinishida 
aks ettirilishi mumkin. 
Hujjatlardagi rekvizitlar aniq va to‘g‘ri holda, kimeviy qalamda, sharikli, siyohli 
ruchkada, yozuv mashinalari orqali aks ettirilishi mumkin. hujjatlardagi yozuvlarni oddiy 
qalamda yozishga ruxsat etilmasligiga sabab, hujjatlarni arxivlarda uzoq saklanishi davomida 
yozuvlarni to‘liq saklanishini ta’minlashdir. hujjat davomida blankalardagi maxsus qatorlarda 
bo‘sh qolgan qatorlarga albatta chiziq tortilishi kerak, bu bilan mumkin bo‘lmagan yozuvlar oldi 
olinadi. 


Hujjatlarda albatta, ulardagi yozuvlar xaqiqiyligini tasdiqlash huquqiga ega 
shaxslar bo‘lib, ular soni, ro‘yxati korxona raxbari tomonidan tasdiqlanadi. Qimmat va juda 
kamyob moddiy boyliklar berilishi rasmiylashtiriladigan hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega 
shaxslar chegaralangan bo‘lishi kerak. 
Hujjatlarda o‘chirib yozishlar bo‘lishi mumkin emas, zaruriyat tug‘ilib qolganda esa
tuzatish imzo va so‘z bilan tasdiqlab qo‘yilishi shart. hujjatlarda bo‘yab, noaniq yozuvlar 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. 
Kassa jarayonlari aks ettirilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish mumkin emas. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin