II. Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad (Objectives) - talabalarda bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni ekonometrik modellashtirish asoslarini o’rgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’niknalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
III. ASOSIY NAZARIY QISM (ma’ruza mashg‘ulotlari) III.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: (THEMES) 1-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari Ekonometrik model to‘g‘risida tushuncha. Ekonometrik modellashtirish. Ekonomik modellashtirish bosqichlari. Ekonometrik modellarga qo‘yiladigan talablar. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili va bashoratlashda ekonometrik modellardan foydalanish. Faktorlar orasidagi bog‘lanishlarni iqtisodiy talqin qilish va modelini yaratish. Ekonometrikada matematik usullar. Modellarning ahamiyati va ularni tuzishdagi muammolar.
Mustaqil ta’lim: Ekonometrika fanining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlari.
2-mavzu. Juft korrelyatsion-regression tahlil Korrelyatsiya. Korrelyatsion tahlil. Bog’liqliklar turlarini o’rganish. Stoxastik bog’lanish. Korrelyatsion bog’lanish. Funktsional bog’lanish. Korrelyatsiya maydoni. Kovariatsiya koeffitsienti va uni hisoblash usuli. Chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti. Bog’lanishning zichligi, tahlilning samaradorligi. Korrelyatsiya koeffitsientini o’zgarish intervallari. To’g’ri bog’lanish, teskari bog’lanish. Kuchli bog’lanish, o’rtacha bog’lanish, sust bog’lanish. Korrelyatsiya koeffitsienti turlari. Juft korrelyatsiya koeffitsienti, xususiy korrelyatsiya koeffitsienti, ko’p omilli korrelyatsiya koeffitsienti. Korrelyatsion tahlil bosqichlari. Chiziqli va chiziqsiz regression bog’lanishlar: parabola, logarifmik funktsiya, darajali, ko’rsatkichli, giperbola, logistik funktsiyalar. Juft chiziqli regressiya (ekonometrik model) tushunchasi. Regressiya koeffitsientlari. “Eng kichik kvadratlar” (EKK) yordamida regressiya koeffitsientlarini hisoblash. Regressiya koeffitsientlarining iqtisodiy ma’nosi.