Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotining tarkibi va turlari. Hisobotdan korxona rahbari, xo‘jalikni ichki boshqarishning barcha bo‘limlari va tashqi foydalanuvchilar (bank, soliq, sug‘urta tashkilotlari va mol etkazib beruvchilar, ta’sischilar, investorlar, aksiyanerlar) tomonidan to‘g‘ri foydalanilishi uchun u quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: Korxona faoliyatini aniq, to‘g‘ri va oddiy qilib aks ettirish.
O‘z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlarga kechik- tirmasdan topshirish.
Hisobot ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlariga moslashganligini aks ettirish va ularni taqqoslash.
Reja va hisob ma’lumotlari o‘z iqtisodiy mazmuni hamda hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lishi kerak. Bunday taqqoslilikni ta’minlash uchun quyidagi sharoitlar zarur: o‘tgan davr xronologik davrning mos kelishi hisobotda va hisob ma’lumotlari ma’lum bir davrni yoki ma’lum bir vaqtni aks ettirishi lozim;
o‘tgan davr va joriy davr ob’ektlarining bir xil guruhlanishi;
v) o‘tgan davr va joriy davr hisob guruhlarining bir xil usulda aniqlanishi.; d) bahoning bir xilligi. 4. O‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan hisobot davri ko‘rsatkichlarini taqqoslash. Hozirda hisobot shakllari unifikatsiya qilinib, ular soni qisqartildi. Yillik hisobot shakllari quyidagilardan iborat: Korxona balansi (1- shakl).