Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 23,89 Kb.
səhifə1/3
tarix16.05.2023
ölçüsü23,89 Kb.
#114679
  1   2   3
Statistika 2-topshiriq


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
YO`NLASHI 2- KURS 121-GURUH TALABASI
NORMAMATOVA MUSLIMANING STATISTIKA FANIDAN
2- TOPSHIRIG`I

1)Bozor iqtisodiyoti davrida daromadlarning ahamiyati nimada?


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida daromadlar statistikasining ahamiyati yanada ortadi, chunki quyidagi holatlar daromadlar bilan bevosita bog‘liq: — iqtisodiyotni umumiy holati va aholining turmush darajasi; — ijtimoiy va soliq siyosatini ishlab chiqish; — ichki imkoniyatlarni jalb qilib, investitsion jarayonlarni kengaytirish imkoniyatini baholash. Yuqoridagi maqsadlarda foydalanish uchun daromadlar statistikasining ma’lumotlari iqtisodiy jarayonlarning bog‘liq holatlarini xarakterlovchi boshqa makroiqtisodiy kp‘rsatkichlar bilan bog'lanishi lozim: masalan, moliyaviy imkoniyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan va h.k. Aytish lozimki, daromadga ta’rif berish buxgalteriya hisobi amaliyotida qo‘llanadigan ta’rif bilan to‘g'ri kelmaydi. Gap shundaki, umuman buxgalteriya hisobi, shu jumladan, daromad kategoriyasi haqidagi nizom moliya vazirligi tomonidan soliqqa tortish darajasini aniqlash va boshqa masalalami yechish maqsadida ishlab chiqiladi. Shuning uchun daromadlarni makro va mikro darajadagi ta’riflari bir-biridan farq qiladi va ular orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish bo‘lmaydi. Makrodarajadagi daromadni to'g‘ridan-to‘g‘ ri mikrodarajadagi daromadlarni qo‘shib aniqlab boMmaydi. Lekin daromadlarni bunday ikki makro va mikrodarajada aniqlashdan iqtisodiy tahlil jarayonida foydalanish mumkin va ular bir-birini to‘ldiradilar. Masalan, mikrodarajadagi daromad haqidagi ma’lumotlar asosan xo'jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy jarayonlardagi holatini o‘rganish uchun va yana fiskal siyosatni hal etishda foydalaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daromad deb atalib, undan iste’mol va jamg'arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda foydalaniladi.
2)Makro va mikro darajadagi daromadlar o`rtasida qanday bog`lanish mavjud?
Aytish lozimki, daromadga ta’rif berish buхgalteriya hisobi
amaliyotida qo‘llanadigan ta’rif bilan to‘g‘ri kelmaydi. Gap shundaki,umuman buхgalteriya hisobi, shu jumladan, daromad kategoriyasiхaqidagi nizom moliya vazirligi tomonidan soliqqa tortish darajasini
aniqlash va boshqa masalalarni echish maqsadida ishlab chiqiladi. SHuning uchun daromadlarni makro va mikro darajadagi ta’riflari bir-
biridan farq qiladi va ular orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish bo‘lmaydi.
Makrodarajadagi daromadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mikrodarajadagi
daromadlarni qo‘shib aniqlab bo‘lmaydi. Lekin, daromadlarni bunday ikki makro va mikro darajada aniqlashdan iqtisodiy tahlil jarayonida foydalanish mumkin va ular bir-birini to‘ldiradilar.
Masalan, mikrodarajadagi daromad haqidagi ma’lumotlar asosan
хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy jarayonlardagi holatini o‘rganish uchun va yana fiskal siyosatni хal etishda foydalaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daromad deb atalib, undan iste’mol va jamg‘arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni хalqilishda foydalaniladi. Shunisi qiziqki, iqtisodiy ta’limotda daromad tushunchasi haqidagi ta’limot ancha og‘ir masala bo‘lib hisoblanadi. Faqat ХХ asr davomida qator iqtisodchi va statistiklar tomonidan daromad tushunchasi berilgan ta’riflar bir necha bor o‘zgardi. Masalan, I.Fisher daromad tushunchasini oхirgi foydalanish bilan bog‘laydi. Taniqli gollandiyalik statistik F.Bos o‘zining «Milliy hisoblardagi doimiy tahlil» (1989 y.) nomli asarida daromad tushunchasini oхirgi iste’mol summasi va kapital aktivlar zahirasining sof o‘sishi sifatida tariflagan. Lekin uning o‘zi yana shuni tan oldiki, bu ta’rifni yana boshqa tomonlariga aniqlik kiritish, masalan, kapital tushunchasiga yanada aniqlik kiritish lozim deb hisoblagan. Bu masala bo‘yicha ham iqtisodiy adabiyotlarda turli хil fikrlar mavjud. Masalan, ko‘p ishlarda kapital – bu barcha chegaraga ega bo‘lgan resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Lekin, ko‘pchilik mutaхassislarning fikricha, amalda bu ta’rifni qo‘llash ancha qiyinchiliklarga uchraydi, chunki bu chegaralangan resurslarning bahosi хaqidagi ma’lumotlar yo‘q. SHuning uchun kapitalni bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan (yoki bozor bahosiga ega bo‘lgan) resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Taniql amerikalik iqtisodchi Samuelson kapital tushunchasini, ishlab chiqarish natijasi sifatida hosil bo‘lgan natija sifatida yoki ishlab chiqarilgan resurslar sifatida qaraydi. Samuelson fikriga ko‘ra tabiiy qazilmalar zahiralari va boshqa ishlab chiqarilgan aktivlarga qachonki mehnat ta’sir ko‘rsatsa kapital tusini oladi.
3)Dj.Xiksning daromadlar haqidagi ta`limoti


Yüklə 23,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin