Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


SIM =YAIM-AKI=440-24=416 mln $



Yüklə 23,89 Kb.
səhifə3/3
tarix16.05.2023
ölçüsü23,89 Kb.
#114679
1   2   3
Statistika 2-topshiriq

SIM =YAIM-AKI=440-24=416 mln $
2.YAlpi milliy daromad
YAMD=YAIMQ BDolingan–BDberilgan=440Q16–14=442 mln$
3.Sof milliy daromad
SMD=YAMD–AKI=442–24=418 mln $
4.YAlpi milliy mavjud mahsulot
YAMMD=YAMDQ JTQ=442Q10=452 mln$
5.Sof milliy mavjud daromad
SMMD=YAMMD–AKI=452–24=428 mln $
6.YAlpi milliy jamg’arma
YAMJ=YAMMD–YAI=452–(100Q60Q40) =228 mln $
7.Sof milliy jamg’arma
SMJ=YAMJ–AKI=204 mln $
8.Sof kreditlash(sof qarzdorlik)
SK=YAMJQKTQAYAJ=252Q30–(50Q8) =224 mln $
Nominal va real daromad.
Kishilar o’z daromadlariga qarab tirikchilik o’tkazadilar.Daromad topish tirikchilikning vositasi hisoblanadi va turmush darajasini ifodalaydi.
Turmush darajasi insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yoridir.Turmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagip tovarlar va xizmatlarni amalda istemol etish bilan tasvirlanadi.SHu nuqtai nazardan daromad nominal va real daromadga bo’linadi.
Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromadlarni o’z ichiga oladi.
Bu daromad turmush darajasini ifodalaydi,chunki qancha noz ne’mat istemol etilganligi narx navoga ham bog’liq.Moddiy farovonlik darajasi real daromad bilan ifodalanadi.
Real daromad istemol tovarlari va xilma xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo’lib,pul daromadining xarid qobiliyatini bildiradi,turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad jamiki pul daromadlarini (brutto daromaddan) turli to’lovlar (soliqlar,ijtimoiy sug’urta to’lovlari) chegirib tashlagandan keyinqolgan qismi sof (netto) pul daromadlarini narx o’zgarishlariga nisbatan hisoblash orqali topiladi.
Rel daromad sof pul daromadi miqdoriga to’g’ri mutonosiblikda,narx darajasiga teskari mutonosiblikda o’zgaradi.
RD=Di\Ri
8.YAlpi milliy daromadni taqsimlash,qayta taqsimlash va oxirgi foydalanishlarning mohiyati qanday? Ma’lum davrda (masala,bir yilda ) yaratilgan milliy daromad jamiyat a’zolarining tadbirkorlarning ,korxonalarning, toshkilotlarning, muasassalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunda jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi.
Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o’zi yaratilgan sohalar: mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi soha xodimlari va korxonalari o’rtasida amalga oshiriladi. Ular tamonidan olingan daromad birlamchi bo’lib hisoblanib va uning hajmi har xil doim mamlakat ichida yaratilgan milliy daromad hajmiga teng bo’ladi.
Statistika birlamchi daromadlarni quyidagi guruhlarga ajratadi:

  1. Mamlakatning birlamchi daromadlari:

    1. Ishlab chiqarishdagi ish haqi fondi va boshqa fondlardan to’langan to’lovlar;

    2. Tadbirkorlarning o’z faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari;

    3. Mulkdan olingan daromadlar(renta,foizlar,divedentlar va h.k.)

  2. Ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’ratuvchi korxonalarning birlamchi daromadlari:

    1. Korxonalarning birlamchi daromadlari;

    2. Fermer va dehqon xo’jaliklarining birlamchi daromadlari;

    3. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning birlamchi daromadlari.

Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash,uni taqsimlash jarayonini tugata olmaydi,chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning xodimlari nafaqaxo’rlar,talabalar,o’quvchilar hech qanday daromadga ega bo’lmaydilar. SHuning uchun milliy daromdni qayta taqsimlash zarur bo’ladi.
Milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni bir necha yo’llar bilan amalga oshiriladi.
1.Davlat byudjetining daromadlarini tashkil etish bilan bu milliy daromadni qayta taqsimlashning muhim va asosiy yo’lidir.
Bu daromad asosan xo’jalik tushumlaridan tashkil topadi(qo’shimcha qiymat solig’i,mulk,er solig’i,fermer va dehqon xo’jaliklarining daromad solig’i)
Byudjetning qolgan qismi aholi daromadlaridan olinadigan (soliqlar,davlat zayomlari,omonat kassa jamg’armalarining ortishi va h.k)
Davlat byudjetida to’plangan mablag’larning taxminan 40- 45 %i kapital mablag’lar saqlash,taxminan 40 %idan yuqorisi ijtimoiy madaniy ishlar 10%idan ortig’i mudofaa uchun qolgan 1-1,5% i davlatni boshqarish uchun sarflanadi.
2.Aholiga xizmat ko’rsatish yo’li bilan milliy daromadni qayta taqsimlash.
Aholi bir qancha bepul xizmatlar bilan birga to’lovli xizmatlardan ham foydalaniladi.Yo’lovchi transporti,aloqa,maishiy xizmatlar, davolash va ta’lim muasassalari xizmatlaridan aholi foydalanishi bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Bularning xizmatiga aholi haq to’lab, o’z daromadining bir qismini ana shu xizmat ko’rsatadigan soha korxonalariga to’laydi va bu ularning daromadini tashkil etadi.
Milliy daromadni bunday taqsimlash va qayta taqsimlash mamlakatda korxonalarning tashkilotlar va aholining oxirgi daromadlari tashkil topadi.
Statistika hisoblar yordamida bu jarayonlarni chuqur o’rganadi: milliy daromad ular ixtiyoridagi absalyut summasini va nisbiy ko’rsatkichini aniqlaydi. Aholi olgan daromadni statistika uning turli guruhlari bo’yicha o’rganadi va bu aholining turmush darajasi xaqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Milliy daromad bizning mamlakatimizda mehnatkashlarniki hisoblanadi va u mehnatkashlar ixtiyoriga yoki to’g’ridan to’g’ri yoki davlat ixtiyoriga tushib, so’ngra mehnatkashlarning ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadning taxminan 1\5 qismi mehnatkashlarning shaxsiy moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatilsa,4\5 qismi ishlab chiqarishni kengaytirish va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.
Taqsimlangan milliy daromad natijasida aholining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi.milliy daromadni oxirgi foydalanish uni ishlatish va jamg’arishdir.
Yüklə 23,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin