Investitsiya va kredit eksportini muhofaza qilish;
Tashkilotga a’zo mamlakatlar va a’zo bo’lmagan musulmon davlatlariga maxsus yordam ko’rsatish;
Favqulodda yordam ko’rsatish;
A’zo mamalakatlarda xususiy va davlat tashkilotlariga maslahatlar berish.7
Islom taraqqiyot banki guruhi bosh ofisi Saudiya Arabistonining Jedda shahrida joylashgan bo’lib, uning to’rta davlatda filiallari joylashgan. Ular quyidagilar:
2.1.2-rasm
ITBguruhifiliallari
Manba: Internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi.
Bundan tashqari a’zo mamlakatlarning 15 tasida bankning vakillari bor. Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha hamda investitsiyalar va eksportni
7 Islamic Finance Directory. General Council for Islamic Banks and Financial Institution (CIBAFI). Bahrain Monetary Agency. - Manama, 2004
sug’urtalash bo’yicha Islom korporatsiyalarining ham Dubay va BAA da filiallali mavjud. Dastlabki ikkita filial 2012 yilda Turkiya va Indoneziyada, keyinchalik 2013 yilda Bangladesh, Nigeriya va Misrda ochilgan.8 1975 yildan, ya’ni ITB ochilishidan boshlab unga Ahmad Muhammad Ali Al - Madani boshchilik qiladi. Uni faoliyati jamiyat va uning a’zolari hayot farovonligini oshirishga qaratilgan. Ijrochi direktorlar kengashi bankning barcha operatsiyalari va siyosati uchun javobgar hisoblanadi. Hozirgi paytda IDK 18 ta a’zodan tashkil topgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi asosiy aksionerlar bo’lgan davlatlardan, qolgani esa boshqa a’zo mamlakatlar ichidan saylanadi va IDK ning vakolat muddati uch yil hisoblanadi.9