Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 338,2 Kb.
səhifə8/9
tarix24.11.2022
ölçüsü338,2 Kb.
#70261
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu Jahon xo’jaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro

2.1.3-rasm


Manba: www.isdb.org/ IDB Group Data


Izoh: ITB guruhi kapitali a’zo mamlakatlarning daromadlarini ortishi bilan proporsional ravishda ortib boradi. Joriy 2015 yilning oxiriga kelib, bu ko’rsatkich 108 mlrd AQSH dollariga yetishi ko’zda tutilmoqda. Tashkilot mablag’I 1975 yildan beri ancha oshgan bo’lib, bu 224 foizga oshgan demakdir.


8 “Islom taraqqiyot banki- statistik ma’ruza” 2014y, mart
9 www.isdb.org “Board of Executive Directors”
2013 yil 22 maydan ITB ustav kapitalini 3 marta ga, ya’ni 150 mlrd AQSH dollariga oshirdi. Bundan ko’zlangan maqsad shuki, tashkilotga a’zo bo’lgan va bo’lmagan mamlakatlardagi musulmon xalqini qo’llab –quvvatlashdan iborat. Saudiya Arabistonining bankka qo’ygan mablag’i bank kapitalining to’rtdan bir qismini tashkil etadi.

2.1.4-rasm


Manba: www.isdb.org/ IDB Group Data


Izoh: Jadval ma’lumotlari asosida shuni ko’rish mumkinki, bankning asosiy kapitalining 43 foizi energetika sohasiga jalb qilinar ekan. Bunga sabab shuki, tashkilotga a’zo davlatlar asosan energetika mahsulotlariga boy hisoblanadi. ITB ning asosiy ta’minotchi davlatlari bo’lgan Saudiya Arabistoni, Eron, Qatar davlatlari neft xom ashyosiga juda boydir. Keying o’rinda 11,9 foiz bilan moliya sohasi turadi, undan keyin esa sanoat asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Eng kam mablag’ ajratiladigan soha ko’chmas mulk hamda informatika va aloqa sohasi hisoblanib,ularning ulushi bir foizdan ham kamroqdir.


Xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan, shu jumladan, Islom taraqqqiyot banki (ITB) bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida xalqaro moliyaviy institutlar pul mablagʻlarini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, shu jumladan Islom taraqqiyot bankining 1,0 milliard AQSH dollaridan boʻlmagan miqdorda kreditlarini jalb qilishni koʻzda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish orqali Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolishga qaratilgan muhim chora-tadbir sifatida eʼtirof etilgan.
Taʼkidlash joizki, iqtisodiy islohotlarning samarasi oʻlaroq, Oʻzbekistonning xalqaro reytinglarda mavqeining koʻtarilayotganligi uning xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada kengaytirish uchun zamin yaratmoqda. Xususan, Jahon bankining “Biznesni yuritish” xalqaro reytingida Oʻzbekiston besh yil ichida 141-oʻrindan 69-oʻringa koʻtarildi.
Xalqaro reyting agentliklarining eng yuqori reyting bahosiga (AAA) ega boʻlgan ITB banki jahon moliya tizimida oʻz nufuziga ega boʻlgan xalqaro moliya-kredit tashkiloti hisoblanadi. Eʼtirof etish joizki, ushbu xalqaro tashkilotning 46-yillik yigʻilishini 2021-yilning 2-4-sentyabr kunlarida Toshkent shahrida oʻtkazilishi ITB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan ishonch va eʼtiborning namoyon boʻlish shakli hisoblanadi.

Yüklə 338,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin