Termiz Davlat Universiteti magistratura bo`limi 70530402 – Geografiya (o'rganish ob'ekti bo'yicha) mutaxassisligi 1-kurs magistranti Bozorqulova Munavvarning 2021-yil sentabr oyi hisoboti



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/5
tarix01.01.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#50862
1   2   3   4   5
hisobot tayyor..

Termiz Davlat Universiteti magistratura bo`limi 70530402 – Geografiya (o'rganish ob'ekti bo'yicha) mutaxassisligi 1-kurs mamagistranti Munavvar Bozorqulova 2021-yil oktabr oyi

HISOBOTI

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi Magistratura to’g’risidagi Nizomga ko’ra, Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida professor-o’qituvchilari tarkibi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari tomonidan shakllantiriladi. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari qoidaga ko’ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag’ishlanadi. Shunga muvofiq o’z izlanishlarim va qiziqishlarim bo’yicha “Surxondaryo viloyati aholisining urbanizatsiyalashuv muommolari va ularning yechimlari” mavzusini tanladim. Mavzuim bo’yicha rahbarimdan tegishli ko’rsatmalarni olib, kerakli adabiyotlar bilan tanishib chiqdim. Bundan tashqari dissertatsiya mavzuim hozirgi kunda geografiya fanining eng dolzarb muammolarini qamrab olganligi va iqtisodiy jihatdan ahamiyati katta bo’lganligi uchun shunga doir ma’lumotlarni yig’dim.

Shuningdek, ilmiy rahbarim bilan birgalikda mavzuim yuzasidan kerakli ko’rsatmalar bilan tanishib, qaysi yo’sinda yondashishim kerakligi haqida maslahatlashdik.

Oktabr oyida magistr talabaning shaxsiy papkasini shakllantirish bo’yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etdim:

- Shaxsiy kalendar ish reja

- Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrli dissertatsiyasini tayyorlash kundaligi

- Ilmiy-pedagogik ish kundaligi va bshqa hujjatlar jamlanmasi.

Shuningdek ilmiy rahbarim dissertatsiya mavzuim bo‘yicha o’rganilishi kerak bo’lgan ilmiy adabiyotlar ro’yxatini tuzib berdi. Men bir qancha adabiyotlarni o‘rganib chiqdim, ularni ilmiy rahbarim bilan tahlil qildik. Shundan so’ng magistrlik dissertatsiyasining annotatsiya, bob va paragraf qismlarini shakllantirdik. Yuqori adabiyotlar tahlili asosida ilmiy rahbarim bilan hammualliflikda International Journal Culture and Modernity xalqaro jurnalida “The Importance of Water Resources in the Development of Agriculture in Surkhandarya Region and Issues of their Effective Uce” mavzusidagi ilmiy maqola chop ettirdik.

Geografiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi, M. Erdonovning 2-kurs “Geografiya” ta’lim yo’nalishini G-120 guruhda 2021-yil 26-oktabrdagi “Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari” fanidan “O’zbekiston shaharlarini tasniflash” mavzusidagi amaliy mashg`ulot darsini fan o’qituvchisi nazorati ostida o’tdim.


Ilmiy rahbar: dots. U.Yakubov

Magistrant: M.Bozorqulova


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin