Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi—2008-yilda bo'lib o'tgan bo'lib, AQSHda banklarning ipoteka kreditlarini qarzni qaytarish qobiliyati bo'lmaganlarga berishi oqibatida boshlanadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi—2008-yilda bo'lib o'tgan bo'lib, AQSHda banklarning ipoteka kreditlarini qarzni qaytarish qobiliyati bo'lmaganlarga berishi oqibatida boshlanadi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va global-lashuvining kuchayib borishidir[1].
Jahon hamjamiyatida yaqin o‘tmishda boshlangan va hozirda ham o‘z o’rniga ega bo’lgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘ladi [1].
Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lganlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y bergan.
Ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsa-da, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas mulklarga yetarlicha «to‘yingani» oqibatida ularning narxlari keskin tusha boshlagan.