Kreditlarning qimmatlashuvi aholining ipoteka kreditiga talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar to‘lovining kamayishiga olib keldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat mahsulotlari va energiya resurslari narx-larining o‘sishi aholining kreditni qaytarish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlarining cheklanishiga sabab bo‘ladi. 2000-2007 yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘rtacha ikki barobarga, benzin narxi esa 3,5 barobarga oshgan. Neft narxi rekord darajada ko‘tarilgan, ya‘ni bir barreli 147 dollardan ortdi[2].

Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaygan. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib kelgan[2].

Ko‘pchilik mutaxassislar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosati ekanligini, ya‘ni «o‘z-o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvining cheklanganligi bilan ham izohlaydilar.