Nafaqat Qoraqalpog’iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo’lgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi. Qoraqalpoq davlat O’lkashunoslik muzeyi binosi, O’zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktab-internati, Amir Temur nomidagi istirohat bog’i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpogʻiston respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi
Amir Temur nomidagi istirohat bog’i
O’zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktab-internati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad avval berilgan vazifalar ijrosini ko‘rish, tahlil qilish va kelgusi ikki yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishdir.
Davlatimiz rahbari 2017-yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi. .
Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi.
Qoraqalpoq aholisi uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo‘lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqtda 101 kilometrlik “Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq” suv quvuri va “Qo‘ng‘irot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.