22-MAVZU SERTIFIKATLASHTIRISH SXEMALARI Reja. 1. Sertifikatlashtirish sxemalari.
2.Sertifikatlashtirish omillari.
3. Ekspert-auditorlar
Sertifikatlashtirish bo‘yicha
ISO tarkibidagi qo‘mita tomonidan
tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan
sertifikatlashtirishning to‘qqizta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda ham
aynan shu 9 ta sxema tadbiq etilgan:
Birinchi sxema . Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini
standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida
sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan
namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xalos. Bu yo‘l
o‘zining soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va halqaro
savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus
tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini
savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat
qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan ko‘p
seriyali chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi.
Usulning afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar
natijasiga qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa,
baribir uni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi yoki uni
chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.
Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan
sinov tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan
turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi.
Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki mahsulot savdo shahobchalariga
tushmasdan turib, sinov nazorati o‘tkaziladi va standartga nomuvofiqligi
aniqlansa, mahsulotning iste’molchiga jo‘natilishi to‘xtatiladi.