-
sertifikatga ega bulgan maxsulot tartibi va uning sertifikatsiyalashtirish
xususiyatlari;
-
birlik maxsulot, sifat tizimi va ishlab chikarishni sertifikatsiyalashtirish
buyicha akkreditlangan idoralarning tartibi;
-
akkreditlashtirilgan laboratoriyalarning tartibi;
-
sifat buyicha ekspert-auditorlarning attestatsiyasi xaqida gi
ma’lumot;chetlashtirilgan sertifikatlar va akkreditlashtirish attestatlari xaqida gi
ma’lumotlar.
Talabgor muvofiklik sertifikati va muvofiklik belgisiga ega bulgan o’zi
ishlab chikarayotgan maxsulotlarini reklama qilish xuquqiga ega.
Muvofiklik sertifikatiga ega bulmagan majburiy sertifikatsiyalashtirishdagi
maxsulotni reklama qilish ta’kiklanadi.
Nazorat savollari va topshiriklari:
1.Muvofiklik sertifikatining xizmat muddatini kim belgilaydi?
2. Olingan muvofiklik sertifikati xaqida gi ma’lumotlarni kaerdan olishi
mumkin?
-
3. Muvofiklik belgisi kaerga quyiladi?
Eslab qoling!
Muvofikdik sertifikati, muvofiklik belgisi, ' muvofiklik belgisining kodi,
muvofiklik belgisining sifat tizimi.
148
24.-MAVZU: SINOV LABORATORIYALARINI
AKKREDITLASH
Reja
1.
Sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish va akkreditlash
2.
Akkreditlangan laboratoriyalarda saqlanadigan hujjatlar
3.
Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish
4.
Sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirish
Har bir sertifikatlashtirish faoliyatida – mahsulot sinovini o‘tkazishda,
sertifikat berishda va sertifikatlashtirilgan mahsulot sifatining nazoratini
ta’minlashda akkreditlangan sinov laboratoriyalari muhim tarkibiy qism
hisoblanadi.
Laboratoriyalarni akkreditlash
deganda sinov laboratoriyasining ma’lum
sinovlar yoki sinovlarning muayyan xillarini amlaga oshirish huquqlarini rasmiy
jihatdan tan olish tushuniladi. Bunda sinov laboratoriyasining texnikaviy
layoqatliligi va xolisligi yoki faqat layoqatliligini tan olishning ifodalanishini
ko‘rilishi mumkin.
Laboratoriyani attestatlash
deganda laboratoriyani akkreditlash uchun
belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinov laboratoriyasini
tekshirilishi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish va akkreditlash uchun da’vogar
bo‘luvchi laboratoriyalarga muayyan talablar qoyiladi va ularning bajarilishi
sertifikatlashtirish idoralari tomonidan nazorat qilinadi.
Shunday talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
– xodimlarning nazariy tayyorgarligi va amaliy ishdagi texnikaviy
layoqatliligi;
– sinov o‘tkazish asbob – uskunalarining mavjudligi, o‘lchash va boshqa
vositalarni akkreditlash huquqini olish uchun kerakli tekshiruv sinovlarini to‘g‘ri
o‘tkazishda moddiy – texnikaviy ta’minotning yetarli ekanligi;
– sertifikatlashtirish tavsiflari boyicha har bir aniqlash uchun
tekshirilayotgan sinov uslublarini to‘la tadbiq qilish va buning natijasida sinov
yakunlari qaytaruvchanligi va haqqoniyligini ta’minlashligi;
– laboratoriyani aniq va tashkiliy haq – huquqiy o‘rni bo‘lib, mahsulot
ishlab chiqaruvchidan mustaqil hamda tijorat yoki boshqa majburiyatlarda
bo‘lmagan sinovlarning haqqoniyligiga ta‘sir o‘tkaza olmaydigan bo‘lishligi;
– sinovlarni o‘tkazishda tizim sifatini ta’minlanilishini mavjudligi.
Sertifikatlashtirish idorasi tomonidan o‘tkaziladigan akkreditlash boyicha
sinov laboratoriyalarining bu talablarga qanday javob berishligi tekshiriladi va
laboratoriyaning holati to‘la – tukis o‘rganiladi.
Laboratoriyani akkreditlash uchun quyidagilar lozim:
– akkreditlash uchun da’vogar bo‘lgan sinov laboratoriyasining
talabnomasini taqdim etish va ko‘rib chiqish;
– taqdim etilgan akkreditlanish hujjatlarining ekspertizasi;
149
– akkreditlanuvchi laboratoriyani tekshirish boyicha komissiya tayinlash
va uni o‘tkazish muddatini aniqlash;
– akkreditlanuvchi laboratoriyani joyida attestatlash (tekshirish);
– laboratoriyani akkreditlanganligi haqida qaror qabul qilish;
– laboratoriyani akkreditlanganligi haqidagi attestatni rasmiylashtirish,
royxatdan o‘tkazish va uni topshirish.
Akkreditlangan laboratoriyalarda saqlanadigan hujjatlar quyidagilardan
iborat bo‘lishi kerak:
1.
Huquqiy hujjatlar:
– akkreditlangan sinov laboratoriyasi haqidagi nizom;
– sinov laboratoriyasining pasporti, akkreditlanganligi haqidagi attestat.
2. Tashkiliy – uslubiy hujjatlar:
– O‘zRST 5.3–92 «Sertifikatlashtirish milliy tizimi». Sinov
laboratoriyalarini (markazlarni) akkreditlash. Asosiy qoidalar.
– ISO, ISO/MEK hujjatlari, EN – 45000 raqamli, N – seriyali
akkreditlashning tashkiliy va uslubiy masalalarini rejalashtiruvchi standartlar.
3. Tekshiriluvchi mahsluotga oid meyoriy hujjatlar;
4. Tizimning sifatini ta’minlovchi hujjatlar:
– Sifat boyicha qo‘llanma;
5. Sinash va o‘lchash asbob – uskunalariga doir hujjatlar:
– asbob – uskunalarni qayd etilgan (qayd daftari, kartalar, varaqlar,
pasportlar va boshqalar) hamda quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi
hujjatlar:
А) asbob – uskuna nomi va uning turi;
B) korxona – tayyorlovchi (firma), turi (markasi), korxona va inventar
raqami;
С) asbob – uskuna ishlab chiqilgan, olingan va ishga tushgan vaqti;
G) sotib olingandagi holati (yangi, ishlatilgan, ta‘mirdan keyin va
boshqalar);
D) bo’zilganligi, ta‘miri. Texnika ko‘rigi haqidagi ma’lumotlar;
E) attestatlash va tekshirish haqidagi ma’lumotlar;
– tekshiriluvchi asbob – uskuna va o‘lchash vositalarining ishlashidagi va
texnikaviy xizmat ko‘rsatish haqidagi hujjatlar;
A) har biri alohida sinaluvchi asbob – uskuna va o‘lchash vositalari uchun
pasport;
B) o‘lchash vositalarida tekshiruv o‘tkazish uslublari, hamda tekshiriluvchi
asbob – uskunani attestatlash rejasi va uslublari;
С) attestatlash tartibi va nostandart sinash va o‘lchash uslublarini
tasdiqlash;
– o‘lchash vositalarini tekshirishni hisobga oladigan va sinalayotgan
asbob – uskunaning attestatlash haqidagi hujjatlar: sinaluvchi asbob –
uskunaning va o‘lchash vositalarini tekshirish grafigi;
– O‘zRST 5.0 – 92 da qo‘llanish sohasi, meyoriy hujjatlarga ilova,
sertifikatlashtirishda ishlatiladigan asosiy atamalar, umumiy qoidalar,
sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy to’zilishi va vazifalari, sinov va
150
sertifikatlashtirish sohalari boyicha xalqaro hamkorlik kabi masalalar yoritilgan
hujjatlar.
6. Laboratoriya xodimlari haqidagi hujjatlar:
– laboratoriyada ishlaydiganlarning shaxsiy varaqalari;
– mansabiy yo‘riqnomalari;
– laboratoriya xodimlarining attestatlash haqidagi materiallar.
7. Sinaluvchi buyum (mol) namunasining hujjatlari:
– sinaluvchi buyumlarni pasporti, ishlatish boyicha qo‘llanma va
texnikaviy tavsifi;
Bularning ichida yo‘riqnomalar:
A) buyumlarning namunalarini belgilash tartibi;
B) namunalarni qabul qilishda ularning to‘laligini (butligini) va ishga
layoqatliligini tekshirish tartibi;
С) buyum namunalari uchun hujjatlarning to‘laligiga talablar;
G) namunalarning saqlanishini ta’minlaydigan tartibi;
D) buyurtmachiga buyum namunalarini qaytarish tartibi.
8. Sinovlar o‘tkazish ma’lumotlarini royxatlash tartibi uchun hujjatlar:
– sinovlarni o‘tkazish: rejasi va uslubi;
– ma’lumotlarni hisoblash tartibini o‘z ichiga oluvchi hujjatlar, ishchi
jurnallar, sinovlar va o‘lchashlarning natijalarini o‘z ichiga oluvchi, ishchi qayd
daftarlar;
– sinovlar bayonnomasi, o‘tkazilgan sinovlar haqidagi hisobot.
9. Xonalardagi sharoitni saqlash boyicha hujjatlar:
– ishlab chiqarish xonalaridagi tegishli tartibini ta’minlash boyicha
yo‘riqnomalar;
– xonalardagi holatni nazorat qiluvchi daftar, qayd daftari;
– asbob – uskunaning ishlashidagi hujjatlar;
– xonalar ichidagi muhitning kerakli sharoitini nazorat qiluvchi va
ta’minlovchi asbob – uskunaning ishlashidagi hujjatlar.
10. Arxiv boyicha hujjatlar:
– arxiv tarmog‘idagi ushbu o‘lchashlar va sinovlar ma’lumoti, ishchi
qayd daftarlarini, ma’lumotlarning hisob – kitobi, hisobotlar, namunalar haqidagi
hujjatlar va boshqalarni yuritish tartibi haqidagi yo‘riqnomalari.
Dostları ilə paylaş: |