Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


 Sertifikatlashtiriluvchi mahsulot ishlab chiqarish sharoitlarini



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

5. Sertifikatlashtiriluvchi mahsulot ishlab chiqarish sharoitlarini 
tekshirish 
Uchinchi tomon tarafidan sertifikatlashtirilishi mo‘ljallangan mahsulotni 
ishlab 
chiqarish sharoitlarini tekshirishni yoki tayyorlovchiga berilgan huquq 
doirasida sertifikatlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini amalda, deyarli hamma 
sertifikatlashtirish 
tizimlarida 
ko‘zda 
tutiladi. 
Bu 
o‘z 
navbatida 
sertifikatlashtirishdagi tekshirilayotgan mahsulotning sifatini turg‘unlanishiga, 
ularga bo‘lgan talablarni doimo rioya qilinishiga olib keladi. 
Har bir buyurtmachi (xaridor, iste’molchi) mahsulot ishlab chiqarilishi bilan 
tanishish huquqiga ega (ko‘pincha bundan foydalanadi ham). Dastavval ularni talab 
qilinadigan sifatni ta’minlanishi qanday amalga oshirilishi qiziqtiradi. 
Sertifikatlashtirish doirasida bunday tanishish mustaqil idora tomonidan bajariladi 
va buni maxsus tekshirish deb yuritiladi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad 
mahsulotning sifati kerakli darajada bo‘lgan holda ushbu korxonada bir meyorda 
ishlab chiqarilishiga ishonch hosil qilishdan iborat. 
Bunday tekshirishning ikkita imkoniy yunalishi mavjud: 
1.
Korxonani tekshirish va nazorat qilish mahsulotning majburiy sinovlari 
bilan birga qo‘shib olib boriladi va sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisi qoyish 
bilan yakunlanadi; 
2. Agar faqat korxonani sertifikatlashtirish (attestatlash) kerak bo‘lsa, bunda 
sertifikatlashtiriluvchi mahsulotni aniq MTH muvofiqligiga sinovlar uchinchi tomon 
tarafidan bajarilmaydi, demak mahsulot uchun sertifikat berilmaydi. Lekin, bu 
sinovlarni sertifikatlashtirish doirasida bo‘lmagan holda, iste’molchi tomonidan 
bajarilishi (yoki bajarilmasligi) mumkin. 
Birinchi yo‘nalish ISO tomonidan tavsiya etiluvchi sertifikatlashtirishning 5 – 
tizimiga, ikkinchisi esa 6 – tizimiga mos keladi. 
Ikkala yo‘nalish ham korxonaning sertifikatlashtirilgan mahsulot sharoitini 
tekshirishdan, dastavval nazoratning mavjudligi va ushbu mahsulotning sifatini 
ta’minlovchi tizimning samaradorligini baholashdan iborat. 
U yoki bu tizimni qo‘llanilishi mahsulot xususiyatlariga, iste’molchining 
hohishiga va qator boshqa omillarga bog‘liq. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin