153
laboratoriyalari korxona – tayyorlovchilarni attestatlashda qatnashish, sinov
o‘tkazishda namunalarni tanlab olish va boshqa vazifalarni olishi mumkin.
Nazorat idorasi
sertifikatlashtirish idorasining topshirig‘iga binoan
korxonalardagi sifatni ta’minlaydigan tizim ishini nazorat qilishi va shu
maqsadlarda u o‘zining shtatida tekshiruvchi – mutaxassislar tutishi mumkin.
Bundan tashqari ularning vazifasiga vaqti – vaqti bilan sinov laboratoriyalarida
tekshiruvlar
o‘tkazishni nazorat qilish, ishonchli vakillar tomonidan
sertifikatlashtiruvchi sinovlar olib borish kiradi.
Standartlashtirish milliy tashkiloti sertifikatlashtirishning asosiy meyoriy
bazasi bo‘lib, u standartlarni ishlab chiqishni ta’minlaydi. Sertifikatlashtirishda
qatnashuvchi zvenolardan biri metrologik xizmatdir. Bu bo‘lim o‘lchash
vositalarini qonunlar asosida tekshirishni ta’minlaydi.
Yana bitta muhim tomonlaridan biri sertifikatlashtiriluvchi mahsulotning
sifatini ta’minlashdagi mas‘uliyatni sertifikatlashtirishda qatnashuvchi idoralar
tomonidan to‘g‘ri taqsimlashdir. Bu masala mahsulotning sifatini ta’minlashda
alohida ahamiyat kasb etadi, u mahsulotdagi nuqsonlarning ko‘rinishlarini xilma
– xilligi bilan aniqlanadi. Umuman nuqsonlarni to‘rt turkumga bo‘lish mumkin:
1.
Meyoriy hujjatlarning takomillashmaganligi uchun bo‘ladigan nuqsonlar;
2.
Meyoriy hujjatlarning talablariga mahsulotning muvofiqligidagi nuqsonlar;
3.
Mahsulot
tayyorlanganidan
keyingi
nuqsonlar,
masalan,
yomon
joylashtirilganligi yoki noto‘g‘ri saqlanganligi tufayli;
4.
Iste’molchining noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lishi natijasida hosil bo‘lgan
nuqsonlar, masalan, uskunaning vazifasi va uning ishlatish qoidalaridagi
nuqsonlar.
Ana shu nuqsonlarni tahlil qilish natijasida tizimda qatnashayotgan
tomonlar javobgarlikni o‘zaro taqsimlaydilar:
– tayyorlovchi (bajaruvchi, ta’minlovchi) sertifikatlashda nazorat
qilayotgan va muvofiqlik belgisini to‘g‘ri ishlatishda mahsulotni meyoriy
hujjatlar talablariga mosligi uchun javobgar;
– sinov laboratoriyasi (markazi) o‘tkazilgan sertifikatlashtirish sinovlari
meyoriy hujjatlar talablariga mosligini va natijalarining to‘g‘riligi va haqqoniy
ekanligi uchun javobgar;
– sertifikatlashtirish idorasi muvofiqlik sertifikatini to‘g‘ri berilishini va
uni qo‘llanishining tasdig‘i uchun javobgar.
Dostları ilə paylaş: