«Kattalikning tizimdan tashqari birligi» -qabul qilingan birliklar tizimiga
kirmaydigan kattalik birligi.
«Kattalikning karrali birligi» -tizimli yoki tizimdan tashqari birlikdan
butun son marta katta bo’lgan kattalik birligi.
«Kattalikning ulushli birligi» -tizimli yoki tizimdan tashqari birlikdan
butun son marta kichik bo’lgan kattalik birligi.
«Xalqaro birliklar tizimi» -o’lchovlar va tarozilar bo’yicha bosh
konferentsiya qabul qilgan va tavsiya etgan birliklar kogerent tizimi.
«Metrologiya bo’yicha milliy idora » – davlatda o’lchashlar birligini
ta`minlash ishlari bo’yicha rahbarlikni amalga oshirish vakolatiga ega bo’lgan
berilgan davlat boshqaruv idorasi - O’zbekiston Respublikasining Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
O’zbekiston davlat markazi (O’zstandart Аgentligi).
«O’lchashlar birligi» - o’lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda
ifodalanib, ularning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan belgilangan
chegarasidan chiqmaydigan o’lchashlarning holati.
«O’lchov aniqligi» - haqiqiy izlanayotgan o’lchov qiymatlarini
yaqinlikdan ta`riflashdir. Shuning uchun metrologiyaning asosiy masalasi aniq
bir aniqlikda ifodalash va kerakli birlikda ta`minlashdir.
«O’lchash vositasi» - texnik vositalar bo’lib, metrologik xossalarini
o’lchash uchun qo’llaniladi.
«Birlik etaloni» - o’lchash
vositasi bo’lib, boshqa o’lchash vositalariga
uzatish maqsadida va fizik o’lchov birliklarini saqlash uchun ishlatiladi.
«Davlat etaloni» - etalon, O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan
o’lchov birliklari uchun milliy idora tomonidan tan olinganligi.