Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


 Sertifikatlashtirish ishlari kimga-qulay?



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

 
2. Sertifikatlashtirish ishlari kimga-qulay?
 
3. Kaysi tashkilot Xalkaro savdo buyicha qonun-qoidalarni yaratadi?
 
Eslab qoling!
 
Bosh bitim, tarif va savdo, sektorial kelishuv, standartlashtirish doirasi, 
muvofiklikni baxolash doirasi, ma’lumot doirasi, standartlaщtirish buyicha 
Xalkaro tashkilot, Xalkaro elektrotexnik komissiya, akkreditlashtirish. 


157 
26- MA’RUZA. SHTRIXLI KOD. 
 
Reja. 
1.
 
Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash. 
2.
 
Mahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning fan kodi 
3.
 
Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalarining imkoniyatlari
Tayanch so‘zlar: 
Shtrix kod, mahsulot, kodlash, mahsulot sifati, sifat, EAN.
 
 
13.1 Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash 
Ba’zan biror mahsulot xarid qilganimizda uning ko‘rinarli joyida yoki 
etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan 
shakllarni ko‘rishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan. Xo‘sh, shtrix-
kodlar nima va qachon paydo bo‘lgan? 
Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30-
yillarda AQSH ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‘lib, undan amalda 
foydalanish bir necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan. 
Shtrix-kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temir yo‘lchilar bo‘lib, shu usul orqali 
temir yo‘l vagonlarini identifikatsiyalashtirilgan. Mikroprotsessor texnikasining 
gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda 
foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQShda Mahsulotning Universal Kodi 
(IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YEAN 
(European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, 
balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda. 
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) 
rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari 
standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optiq qurilmalar - skanerlar yordamida 
o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar 
raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi. 
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O‘zbekiston 
Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. 
“GS1 International” (YEAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro 
assotsiatsiyasi 
tomonidan 
bizning 
mamlakatimizga 
478 
raqamli 
identifikatlashtirish kodi berildi. 
U bo‘yicha bu tovar qayerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin. 
Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki 
realizatsiya qilayotgan korxonani belgilaydi. Keyingi beshta raqamlar bilan 
mahsulotning iste’molchilik xossalari o‘lchami, massasi, tarkibi, shakli, 
o‘ramining ko‘rinishi va boshqa ma’lumotlar shifrlab qo‘yilgan. 
Bu raqamlar qatoriga muvofiq kompyuter yordamida shtrixli kod 
shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan 
axborotning shtrixli kodini skaner bilan o‘qilishi to‘g‘riligini tekshirish uchun 
ishlatiladi. Shtrixli kodga o‘zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi 
ko‘rsatkichlar kiritilmaydi. 


158 
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashkil etilgan “GS1 International” 
(YEAN Uzbekistan) tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish 
Markazida ro‘yxatga olinadi. 
Dunyoning ko‘pchilik mamlakati foydalanadigan bu tizimning qulayligi 
shundan 
iborat-ki, 

sotib 
olinayotgan 
va 
sotilayotgan 
tovarlarni 
avtomatlashtirilgan hisobini yuritishga imkon beradi. Zamonaviy texnika bilan 
jihozlangan magazinlardagi kassa apparati bu barcha tovarlarni va ularning 
narxlari xotirasiga kiritilgan kompyuterdir. Ularni savdo korxonasi o‘zi 
belgilaydi, buyumlarda bir xil shtrixli kod bo‘lsa ham turli savdo joylarida ular 
farq qilishi mumkin. Magazin raxbarlari ixtiyoriy paytda qancha so‘mga va 
qanday buyumlar sotilganligi, qaysilariga talab borligi yoki ularni turib qolishini 
bilib olishlari mumkin. Tizim ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori haqida doimo 
tezkor to‘planadigan ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ham, 
ulgurji va chakana savdo uchun ham qulaydir. Barcha jarayonlar ustidan nazorat 
kuchayadi, buxgalteriya hisobi, tovar-transport va boshqa hujjatlarni 
rasmiylashtirish avtomatlashtiriladi. 
Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy samarasi aylanma 
mablag‘lar harakatini tezlashtirish, tovar zahiralarini boshqarish tezkorligini 
ta’minlash, omborxonalarda saqlash xarajatlarini kamaytirishdan tashkil topadi. 
Shtrixli kodni borligi psixologik ahamiyatga ham ega xaridor albatta 
"zebra" belgili tovarni tanlaydi. Lekin shtrixli kod shaxsan iste’molchi uchun 
axborotga ega emasligini ta’kidlash kerak. Ammo o‘z hurmatini bilgan ishlab 
chiqaruvchi o‘zining obro‘si uchun yagona ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar 
berib, albatta tovarlar va o‘zi haqida umumiy ma’lumotlarini bildiradi. Bu 
ma’lumotlarni soxtalashtirish mumkin emas. Garchi ayrimlar intilsa ham, 
natijada ular bozorda aks reklamaga ega bo‘ladilar, bu esa chiqimlarga olib 
keladi. 
Grafik tasvirni va raqamli qatorni loyiqligini taqqoslashini buyum xaqidagi 
axborotni to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘lgan ixtiyoriy YEAN milliy yoki xalqaro 
ma’lumotlar bankida o‘tkazish mumkin. Bu tizimdan ishlab chiqaruvchilar, 
yetkazib beruvchilar va savdoda muvaffaqiyatli foydalaniladi. Savdo sheriklari 
barcha zanjir bo‘ylab identifikatlashtirish raqamiga havola qilishadi bu qulaydir, 
chalkashlik va har xil tushunishni bartaraf qiladi. 
Tizimni O‘zbekistonda joriy etish respublikani dunyo bozoriga faol 
chiqishi bilan bog‘liqdir. Dunyo bozorida raqobat keskindir va unda 
muvaffaqiyatli qatnashish uchun to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishda 
menejerga yordam beradigan axborotga ega bo‘lish kerak. Endi bizning tijorat 
tashkilotlarimizga bevosita O‘zbekistonda u yoki bu tovarni ishlab chiqaruvchi 
xorijiy korxonalar to‘g‘risida ishonchli axborotni olish imkoniyati paydo 
bo‘lmoqda. Xorijiy tijoratchilarning so‘rovi bo‘yicha ham O‘zbekiston 
korxonalari to‘g‘risidagi o‘xshash axborotlarni berish mumkin. YA’ni shtrixli 
kod ishchan sherikchilikni yengillashtiradigan tashrif kartochkasidir. 
Tovarlarning raqamlash bilan mashg‘ul bo‘lgan qator xorijiy tashkilotlar 
bilan kelishilgan holda ma’lumotlar banklarini ayirboshlash rejalashtirilmoqda, 
bu esa O‘zbekiston tovarlarini import qilishni mo‘ljallagan mamlakatlarda 


159 
bizning korxonalar uchun mahsulotlarini manzilli reklamasini ta’minlaydi. 
Bunday xizmatlar dunyo bozorida keng qo‘llaniladi. 
Bu muhim ishga “O‘zstandart” bo‘linmalaridan tashqari Tashqi Iqtisodiy 
Aloqalar Vazirligi (TIAV), respublika tovarlar ishlab chiqaruvchilari va 
tadbirkorlari palatasi jalb qilingan. Natijada tovarni bojxonadan olib o‘tish uchun 
TIAV da kontraktni ro‘yxatdan o‘tkazishda shtrixli kodni borligi talab 
qilinadigan tartib joriy qilinadi. Ichki bozorda ham ko‘p ishlarni bajarish lozim 
bo‘ladi. Xususan shtrixli kodlarni o‘qib oladigan kassa apparatlarini joriy qilish 
bo‘yicha, hozir bizda faqat ikkita shunday supermarketlar mavjud. Vaqt o‘tishi 
bilan savdo korxonalarini texnik tomondan jihozlanishi bilan faqat eksport qilish 
uchun mo‘ljallangan tovarlarni emas, balki ichki bozor uchun mo‘ljallangan 
tovarlarni ham shtrixli kodlar bilan markalash zarurati kelib chiqadi. 
“O‘zstandart” da O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, 
shtrixli kodlash tizimini qo‘llash tartibini aniq belgilaydigan meyoriy hujjatlar va 
usuliyatli materiallar ishlab chiqildi. Shtrixli kodlash bo‘yicha uchta asosiy 
davlat standartlari tasdiqlandi, shtrixli kodning to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat 
yo‘lga qo‘yilmoqda. Begona belgilashlarni o‘zlashtirish uchun jinoiy jazo 
beriladi. Shunday qilib shtrixli kodni foydalanuvchilarini va uni bosmaxonada 
nashr qilish uchun asl nusxa maketini tayyorlovchisining javobgarligi oshadi. 
Hozir ushbu to‘lqinda har xil “bosmaxonachilar” paydo bo‘lishi mumkinligini 
eslatib qo‘yish o‘rinli bo‘ladi. Shtrixli kodni asl nusxa maketi faqat “O‘zstandart” 
ning SMSITI da amal qilayotgan shtrixli kodlash Markazida shakllanadi, 
tayyorlanadi va Davlat reyestrining kompyuterida ro‘yxatga olinadi. Shunday 
qilib shtrixli kodlash lozim bo‘lgan tovarlarni barcha tavsiflarini hisobga olib 
boradi. Bizning va xorijiy tadbirkorlar o‘zlarining maxsulotlarini realizatsiya 
qilinishini haqida to‘la axborot olishi va uni sotib olishda tanlash imkoniyatiga 
ega bo‘lishadi. 
Hozirgi paytda respublikaning o‘ndan ortiq korxonalari yuzdan ortiq 
buyumlarga asl nusxa maketlarini olishdi. Shtrix kodni avval olish ancha qiyin 
bo‘ldi, chunki maslahatlashadigan hech kim yo‘q edi. Endi hammasi texnik 
tomondan to‘g‘rilandi, ikki kun ichida buyumning tavsiflari bo‘yicha to’zilgan 
shtrixli kodini olish mumkin. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar hozircha bu 
“pasport” ma’lumotlarini aniqlashmoqda. Tovarni bir turiga ham, bir nechta 
o‘nliklariga ham buyurtmachilar bor. Shtrixli kodni tushirishga joyi kam bo‘lgan 
buyumlar ham uchraydi. Bu holda qisqartirilgan sakkiz raqamli asl nusxa maketi 
tayyorlanadi, lekin davlat kodi qoldiriladi. 
Shtrixli kod buyicha meyoriy hujjatlarni xalqaro talablar bilan 
uyg‘unlashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, ushbu muhim sohada 
mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurslar amal qilmoqda. 
Xullas, O‘zbekiston tovarlarining raqobat qila olish imkonini oshirish, 
ularning tovarlarni raqamlash xalqaro tizimiga kirishi, iste’molchilar huquqlarini 
himoya qilish, “O‘zbekistonda tayyorlangan” nomli markali mahsulot ishlab 
chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini ta’minlash uchun maqsadga qaratilgan 
ish olib borilmoqda. 
Ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o‘ramida 
(upakovkasida) shtrix-kodning bo‘lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo 


160 
tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham 
tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85 
foizidan ko‘pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, 
mahsulotga nisbatan bo‘lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga 
olish, mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish, muxosiblik hisoblarida va 
hujjatlarni rasmiylashtirishda hamda mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi 
nazoratlarni amalga oshirishda alohida o‘rin tutadi. 
EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo‘lib, 
ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya 
etadi. Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-87 
oraliqlari tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. 
Masalan, Gretsiya -520, Rossiya - 460, Braziliya - 789. Quyiroqda keltirilgan 
16.1-jadvalda ba’zi bir davlatlarning litsenziya asosida olingan kodlari 
keltirilgan. 
Asosan EAN ning ikki kodidan ko‘proq foydalaniladi: 13 razryadli va 8 
razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir 
raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo‘ladi (13.1 va 13.2- 
rasmlar). 13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar ko‘rsatiladi: 

davlat kodi ("davlat bayrog‘i"); 

korxona (firma) - tayyorlovchi kodi; 

mahsulotning kodi; 

nazorat soni. 
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar 
tomonidan to’ziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo‘lib, davlat 
kodidan keyin keladi. 
Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan to’ziladi va u ham beshta raqamdan 
iborat bo‘ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli 
bo‘lgan muayyan hususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining 
o‘zigagina ma’lum bo‘lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini 
ifodalashi ham mumkin. 
EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bo‘lmaydigan kichik o‘ramlar 
(upakovkalar) uchun mo‘ljallangan. EAN-8 kodi quyidagi kodlar tartibidan 
iborat: 

davlat kodi (“davlat bayrog‘i”); 

korxona (firma) - tayyorlovchi kodi; 

nazorat soni. 
Ba’zan, tayyorlovchi korhona kodining o‘rniga mahsulotning qayd etish 
tartib raqami keltirilishi ham mumkin. 
Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo‘ljallangan. 
Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni 
bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va 
ma’lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida 
saqlanishi mumkin. To‘liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo 
obektlariga mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish va kerak bo‘lsa 
mahsulotning kontrakt (shartnoma) talablariga mos kelmaydigan parametrlari va 


161 
ko‘rsatkichlari borasida aniq manzilga raddiya yoki norozilik bildirish 
imkoniyatini yaratadi. 
Nazorat soni EAN algoritmi bo‘yicha kodni skaner vositasida to‘g‘ri 
o‘qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi. 
13.1-jadval 
 
Давлат 
коди 
Тайёрловчи 
коди 
Маҳсулот 
коди 
Назорат сони 
13.1-расм. 
13 разрядли EAN 
коди 
Марказий штрихлар 
Четки штрихлар 
5 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 0 
Давлат 
коди 
Тайёрловчи 
коди 
Назорат сони 
13.2-расм 
8 разрядли EAN коди 
5 0 1 2 3 4 5 2 


162 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin