164
1-AMALIY MASHG’ULOT ISHI
MAVZU:
METROLOGIYA SOHASIDA ISHLATILADIGAN
ASOSIY ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Ishdan maqsad:
Metrologiya sohasida ishlatiladigan asosiy atamalar va ta’riflar
to’g’risida ko’nikma va
malakalarni shakillantirish
Nazariy ma’lumotlar
Insoniyot paydo bo’lishi bilan o’lchash ishlari rivojlana boshlandi.
O’lchashlarsiz fan va texnika taraqqiy etishi mumkin emas. Chunki, hayotimizda
uchrab
turadigan har bir ish, hamda faoliyatda o’lchash
usullari va vositalari
yordamida ularning birligini ta`minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun
metrologiya fani orqaligina amalga oshirish mumkin.
Shu qatorida metrologiya
fanining rivojlanishi bilan shu sohaga oid bo’lgan ta`rif va iboralar o’z-o’zidan
rivojlana boshlandi.
«Metrologiya»
- o’lchashlar, ularning birligini ta`minlash
usullari va
vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fandir.
"Metrologiya"
so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib, "metron"-o’lchash,
"logos" - ta`limot ma`nosini anglatadi, ya`ni, o’lchash ta`limoti demakdir.
«Kattalik»-
sifat jihatidan ajratilishi va miqdor
jihatidan aniqlanishi
mumkin bo’lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xususiyatidir.
«O’lchaniladigan kattalik»-
o’lchash vazifasining
asosiy maqsadiga
muvofiq o’lchanishi lozim bo’lgan, o’lchanadigan yoki o’lchangan kattalik.
«Kattalik o’lchami»-
muayyan miqdoriy ob`ekt, tizim,
hodisa yoki
jarayonga tegishli bo’lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Dostları ilə paylaş: