2-AMALY MASHG’ULOT. (SI) XALQARO BIRLIKLAR TIZIMINI O’RGANISH Ishdan maqsad: (SI) Xalqaro birliklar tizimini o’rganish
to’g’risida ko’nikma va
malakalarni shakillantirish
Nazariy ma’lumotlar Muayyan obektni tavsiflovchi kattalik shu obekt uchun xos bo‘lgan miqdor
tavsifiga ega ekan, bu kabi obektlar o‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda faqat mana
shu
miqdor
tavsiflariga
ko‘ra
tafovutlanadi.
Buning
uchun
esa
solishtirilayotganda obektlararo biror bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga
solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga
kattalikning birligi deb nom berilgan.
Ko‘rilayotgan fizikaviy obektning ihtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi
bo‘lib uning o‘lchami xizmat qiladi. Lekin “uzunlik o‘lchami”, “massa
o‘lchami”, “sifat ko‘rsatkichining o‘lchami” degandan ko‘ra “uzunligi”,
“massasi”, “sifat ko‘rsatkichi” kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan,ham
texnikaviy jihatdan o‘rinli bo‘ladi.O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-
biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 10
5
mg, 10
-4
t - bir o‘lchamni 3 xil
ko‘rinishda ifodalanishi bo‘lib, odatda “massa o‘lchamining qiymati” demasdan,
“massasi (...) kg” deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning
o‘lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim.
Kattalikning o‘lchami - Ayrim olingan moddiy obekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi. Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash. Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli
qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o‘lchami noldan qancha birlikka
farqlanadi, yoki o‘lchash birligi sifatida olingan o‘lchamdan qancha birlik katta
(kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni
o‘lchash birligining o‘lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan
ma’noni anglashimiz lozim:
Q = q[Q]. Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur berilgan
bo‘lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr
bo‘yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati
bilan solishtirishimiz lozim bo‘ladi