«O’lchashni bajarish uslublarini metrologik attestatsiyalash» - o’lchash
xatoliklarining xususiyatlarini tadqiq etish va baholash.
«Davlat metrologik nazorati» - o’lchash vositalarining tipini tasdiqlash va
tekshirish, ruxsatnomani tayyorlash, sozlash, sotish va ularni ijaraga berish
ishlari davlat metrologik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
«O’lchashlar birligini ta`minlash» - o’lchashlar birligini ta`minlash
bo’yicha O’zbekiston Respublikasining hududida amal qilinadigan qonun
hujjatlar, standartlar va boshqa me`yoriy hujjatlarga muvofiq o’lchashlar
birligiga erishishga va saqlab turishga yo’naltirilgan xizmatlarni va idoralarning
faoliyati.
«O’lchashlar birligini ta`minlash tizimi» - o’lchashlar birligiga erishish
va ularni saqlab turish uchun O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jalik
majmuasini samarali iqtisodiy rivojlanish talablariga bog’liq bo’lgan ilmiy
asoslangan, texnikaviy to’g’ri keladigan va iqtisodiy ma`qul bo’lgan me`yorlar,
qoidalar va tadbirlar tizimi.
Metrologiyani qonunlashtirish ishlari haqiqiy qonun va O’zbekiston
Respublikasi qonunlashtirilgan aktlaridan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Davlatning o’lchashlar birligini ta`minlash davlat tizimi (O’zO’DT) - o’lchashlar birligini ta`minlash bo’yicha davlat tomonidan
boshqariladigan sohalarda metrologiya bo’yicha milliy idora tomonidan
mamlakat hududida tasdiqlangan va joriy etiladigan talablar, qoidalar, nizomlar,
me`yorlar va ishlarni o’tkazish tartibini belgilaydigan o’zaro bog’langan va
o’zaro aloqador bo’lgan xalqaro, davlatlararo va milliy me`yoriy va uslubiyatli
hujjatlarning majmuasidir.