77
ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish bo‘yicha
keng ma’lumotlar berilgan.
Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy
qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat
birlashmalari bilan olib boriladigan hamkorlikdagi ishining
shakl va usullarini
“O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
Respublikamizda standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy texnik
qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat
ko‘rsatadi. Shuningdek, qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z
vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo‘llashga
doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar.
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni
ularni tasdiqlagan organlar
amalga oshiradilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir me’yoriy
hujjatlar, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik – iqtisodiy
axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart”
tomonidan belgilanadi.
Qonunning II bo‘lim 6 – moddasiga binoan
standartlashtirishga doir
me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy
yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya
qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini
ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan,
an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan
dastlabki talablar
belgilab qo‘yilishi alohida ko‘rsatilgan.
Qonunda davlat yo‘li bilan stndartlashtirish va nazorat qilishga doir
ishlarning moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan
va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini
olgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab – quvvatlash va
rag‘batlantirish chora – tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: