Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

majburiy
va 
ixtiyoriy.
Mahsulotni u 
yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga 
ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson 
salomatligiga 
ta’sir 
ko‘rsatuvchi 
mahsulotlar, 
albatta, 
majburiy 
sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi 
ixtiyoriydir.
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikat-lashtirish huquqiga ega 
bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, 
sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda 
o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo 
iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan 
mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun 


117 
muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni 
ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va 
ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi 
tomon/ va xaridor /ikkinchi tomon/ ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo 
mustaqil ravishda ish ko‘radilar.
Uchinchi 
tomon 
tarafidan 
qilinadigan 
sertifikatlash-tirish 
ishlab 
chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l 
keng qo‘llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi 
tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlash-tirish tizimini tashkil etish amalda 
shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab 
chiqaruvchi assotsiyatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy 
tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida 
ite’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini 
sertifikatlash-tirish tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy 
bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy 
miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan 
o‘tkaziladigan texnikaviy meyorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini 
qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni 
tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan 
himoyalangan 
qurilmalarning, 
kemalarning, 
so’zish 
vositalari-ning, 
tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog‘ 
texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat 
o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin