Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


 Sertifikatlashtirish uchun sinovni o‘tkazish



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

2. Sertifikatlashtirish uchun sinovni o‘tkazish.
Sertifikatlashtirish 
uchun 
sinovlar, 
berilgan 
mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladigan MH larda ko‘rsatilgan sinovlarni 


120 
o‘tkazish huquqi O‘z SMT da akkreditlangan sinov laboratoriyalarida 
(markazlarida) o‘tkaziladi. 
Sertifikatlashtirish 
vaqtida 
akkreditlangan 
sinov 
laboratoriyalari 
(markazlari) bo‘lmasa, SI yoki SMI haqiqiy natijalarni ta’minlovchi, sinovlarni 
o‘tkazish joyi, tartibi va sharoitlarini belgilaydi. 
Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, konstruksiyasi, tarkibi va ishlab 
chiqarish jarayoni, iste’molchiga (buyurtmachiga) taqdim etilayotgan 
mahsulotlarga aynan o‘xshash bo‘lgan mahsulot to‘pidan (yoki seriyasidan) 
olingan namunalarida o‘tkaziladi. Namunalar soni ularni tanlab olish tartibi
aynan o‘xshatish va saqlash qoidalari sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni MH 
lari va sinov uslublarida belgilanadi. 
So‘rovchi, zarur bo‘lganda, tarkibi va mazmuni bir turdagi mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish tarkibida belgilanadigan namuna (namunalar) ning texnik 
xujjatini taqdim etadi. 
Namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish, belgi qo‘yish va 
tamg‘alashni, namunalarni sinash joyiga yetkazishni ta’minlaydigan so‘rovchi 
ishtirokida, SI yoki sinov laboratoriyasi amalga oshiradi. 
Bunda namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish dalolatnomasi ikki 
nusxada to’ziladi. 
Bojxona ta’minotidagi import mahsulotlaridan namuna tanlab olish, 
bojxona idorasining ruxsati bilan uning inspektori va tovar egasi yoki uning 
ishonchli shaxsi ishtirokida sertifikatlashtirish idorasi xodimi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Bunda namuna (kichik namuna) lar tanlab olish dalolatnomalari uch 
nusxada to’zilib, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga topshiriladi. 
So‘rovchi, shuningdek, SI ga mahsulotni ishlab chiqarish va ishlab 
chiqarishni tashkil qilishda o‘tkazilgan sinov bayonnomalarini (ularni amal qilish 
muddatlarini hisobga olgan holda) yoki O‘z SMT da akkreditlangan yoki tan 
olingan yurtimizning yoki chet el sinov laboratoriyalari tomonidan bajarilgan 
sinovlari to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin. 
Buyurtmachi iltimosiga ko‘ra uning vakillariga sinovlarni tashkil qilinishi 
va sharoitlari bilan tanishib chiqish imkoniyati berilishi lozim. 
So‘rovchi o‘z mahsulotining sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda 
laboratoriyada sinovlarning maxfiyligini va normal sharoitlarni saqlanishini 
ta’minlash bo‘yicha choralar qabul qilinishi lozim. 
Namunalar sinovlarining sifati va ishonchliligi hamda ularni saqlash 
bo‘yicha javobgarlik, texnikaviy layoqatligi va mustaqilligiga akkreditlangan 
sinov laboratoriyasiga yuklanadi. Sinov bayonnomalari vakolatli mutaxassislar 
tomonidan imzolanadi va laboratoriya rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Mustaqil laboratoriya bo‘lmagan taqdirda sertifikatlashtirish maqsadlari 
uchun sinovlarni faqat texnikaviy layoqatligiga akkreditlangan sinov 
laboratoriyalarida SI vakilining nazorati ostida o‘tkazishga ruxsat etiladi. 
Bunday sinovlarning xolisligi bo‘yicha javobgarlik sinov laboratoriyasi 
bilan birga ularni o‘tkazishni topshirgan SI ga ham yuklanadi. Bu holda sinov 
bayonnomalari SI vakillari tomonidan ham imzolanadi. 


121 
Sinov bayonnomalari so‘rovchiga va SI ga taqdim etiladi. Sinov 
bayonnomalarining nusxalari sertifikatning amal qilish muddatidan kam 
bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi lozim. Bayonnoma nusxalarini 
saqlashning aniq muddatlari bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida 
va sinov laboratoriyasi hujjatlarida belgilanadi. 
Agarda mahsulotning alohida parametrlari bo‘yicha sinovlari har xil 
akkreditlangan sinov laboratoriyalarda (markazlarda) o‘tkazilgan bo‘lsa, unda 
mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligini ijobiy bahosi bo‘lib zarur 
bo‘lgan barcha ijobiy natijalari sinov bayonnomalarining mavjudligi hisoblanadi. 
Sinov natijalari salbiy bo‘lganida SI so‘rovchiga sertifikatni berishdan 
bosh tortish sabablarini ko‘rsatilgan xulosani beradi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin