Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   206
«Kattalikning qiymati»-
kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma`lum 
bir soni bilan kattalikning o’lchamini ifodalash. 
«Chin qiymat»-
ma`lum kattalikni sifat va miqdor jihatdan ideal tavsiflay 
oladigan kattalik qiymati. 
«Haqiqiy qiymat»-
sinov orqali topilgan qiymat chin qiymatga shu darajada 
yaqinki, berilgan masalada buning o’rnida foydalanishi mumkin. 
«Ko’rsatkich»-
berilgan kattalikni o’lchashda yordamchi sifatida 
qaraladigan kattalik. 
«Kattaliklar tizimi»
-kattaliklarning birlari mustaqil, boshqalari esa 
mustaqil kattaliklarning funktsiyasi deb qabul qilinadigan printsiplarga muvofiq 
tashkil etilgan kattaliklar to’plami. 
«Аsosiy kattalik»
-tizimga kiradigan va tizimning boshqa kattaliklaridan 
mustaqil deb shartli ravishda qabul qilingan kattalik. 
«Hosilaviy kattalik»-
tizimga kiradigan va bu tizimning asosiy kattaliklari 
orqali aniqlanadigan kattalik. 
«Kattalikning o’lchov birligi»
-shartli ravishda 1 ga teng qiymat berilgan 
va o’zi bilan bir turli kattaliklarni miqdor jihatdan ifodalash uchun 
qo’llaniladigan, belgilangan o’lchamli kattalik. 
«Kattaliklar birliklari tizimi»
-berilgan kattaliklar tizimi uchun qabul 
qilingan printsiplarga muvofiq tuzilgan kattaliklarning asosiy va hosilaviy 
birliklari majmui. 


165 
«Kattaliklar birliklari tizimining asosiy birligi»
-asosiy kattalikning 
berilgan birliklar tizimidagi birligi. 
«Kattaliklar birliklari tizimining hosilaviy birligi»
-asosiy birliklar yoki 
asosiy va aniqlangan hosilaviy birliklar bilan bog’lovchi tenglamaga muvofiq 
tashkil topgan, kattaliklar tizimining hosilaviy kattalik birligi. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin