Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   206
Takrorlash uchun savollar. 
1. O‘lchashga ta’rif keltiring va uni izohlab bering. 
2. O‘lchash obektlariga misollar keltiring. 
3. O‘lchashlarning qanday turlari bor. Ularga misollar keltiring. 
4. O‘lchash usullariga izoh bering. 
5. O‘lchov va o‘lchash asboblarining farqi qanday? 


60 
9- MAVZU: O‘LCHASH VOSITALARI VA ULARNING
METROLOGIK XUSUSIYATI 
Reja: 
1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari.
2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari. 
2. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi. 
3.Analog o‘lchash asboblari, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik 
o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari. 
4. Raqamli o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari. 
Tayanch iboralar: 
o‘lchash asboblari, o‘lchash asbobining sezgirligi, 
sezgirlik ostonasi, asbob ko‘rsatishining variatsiyasi, asbobning o‘lchash 
xatoligi, asbobning o‘lchash diapazoni, xususiy energiya sarfi, asbobning 
ishonchliligi (chidamliligi), analog o‘lchash asboblari, o‘lchash zanjiri, 
o‘lchash mexanizmi, magnitoelektrik o‘lchash asboblari, elektromagnit 
o‘lchash asboblari, elektrodinamik o‘lchash asboblari, elektrostatik o‘lchash 
asboblari, induktsion o‘lchash asboblari, raqamli o‘lchash asboblari

1. 
O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari 
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan 
belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning 
me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan 
xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, 
muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. 
Ammo, yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi 
me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining 
xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar 
asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi. 
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi 
bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi 
asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi: 

а.k
 

0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4

 
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning 
keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi: 

а.k
=

k mах

k
;


а.k
 

k mах

k
q


х max 
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan 
chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 
1,5 % ga tengligini bildiradi. 
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda 
aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani 
unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 
0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi 


61 
xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi 
asboblarda shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib 
boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich 
bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin