126
– xalqaro tizimlarga va sertifikatlashtirish bitimlariga qatnashuvchi
mamlakat yoki ularning hukumatidan tashqari idoralarini qabul qilish bilan;
– mahsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini oshirish uchun ixtiyoriy
sertifikatlashtirish, shu jumladan o‘z – o‘zini sertifikatlashtirish yo‘li bilan.
Ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan Respublikamizda ham majburiy
sertifikatlashtirish uchun mahsulot turlarining royxati to’zilmoqda va bu to‘g‘rida
qonunlar chiqazilib rasmiylashtirilmoqda. Respublikamizda esa vazirliklar,
mahkamalar tomonidan O‘zstandart Agentligi bilan kelishilgan holda taqdim
etilgan, majburiy sertifikatlashtirish uchun mahsulot turlarining ro‘yxati to’ziladi va
u davlat tomonidan rasmiylashtiriladi. Qabul qilingan qarorga ko‘ra, 1995 yili 1
yanvaridan boshlab asosiy iste‘mol mahsulotlari majburiy sertifikatlashtirilishi
lozim.
Bu royxatga quyidagilar kiritilgan:
– mamlakat ichida va tashqaridan keltiruvchi mahsulot mamlakat ichidagi
meyoriy hujjatlarga va xalqaro standartlarga muvofiqligini aniqlash uchun (agar
usha davlat xalqaro sertifikatlashtirish tizimiga kirgan bo‘lsa) ichki bozorga
tushishdan oldin sertifikatlashtirilishi lozim;
– chetga chiqariluvchi mahsulot, yuborishdan oldin xalqaro tizim talablariga
muvofiqligi sertifikatlashtiriladi yoki chet eldan mol oluvchining milliy tizimi yoki
kelishuvda (bitimda) qayd etilgan talablar asosida sertifikatlashtiriladi.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “O’zstandart” agentligi о‘rnatgan muddatda
amalga oshiriladi (quyida berilgan jadvalga qarang).
Oziq- ovqat va qishloq hо‘jalik mahsulotlari
1 kundan 5 kungacha
Yengil sanoat mahsulotlari
5-10 kungacha
Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta
ishlashdan boshqa)
10 kungacha
Elektrotexnika va texnika mahsulotlari
5-15 kugacha
Mashinasozlik mahsulotlari
10 kungacha
Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar
15 kungacha
Ўлчаш воситалари
5-30 кунгача
Dostları ilə paylaş: