127
Xalqaro tizimlarda va bitimlarda sertifikatlashtirish xalqaro standartlar yoki
boshqa texnikaviy ish tartibi asosida o‘tkaziladi. Shuni qayd etish kerakki, bunday
standartlarni (ish tartibini)
ishlab chiqishda asos qilib, biror mamlakatning milliy
standarti olinadi, bu esa o‘z
navbatida, usha mamlakatga nisbatan ma’lum
qulayliklar yaratadi.
Sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlaridagi meyoriy hujjatlarni ishlab
chiqish va undan foydalanishda o‘zining ma’lum xususiyatlari bor. Masalan,
elektron texnikasi buyumlarini sertifikatlashtirish tizimida
kerakli standartlar
bo‘lmaganda ham, agar ular XEK tomonidan ishlab chiqilgan umumiy talablarga
javob bersa va tayyorlovchi bilan iste’molchi o‘rtasida kelishilgan bo‘lsa,
boshqa
meyoriy hujjatdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: