2. Sertifikatlashtirish omillari
Sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy
omillar hal qiluvchi o‘rin tutadi:
– tashqi va ichki bozordagi iste’molchining manfaatlariga mos keladigan
mahsulot uchun mezonni to‘g‘ri tanlash;
– sertifikatlashtirish ishlarini o‘tkazishda xolislik (haqqoniyat) bo‘lishi.
Ta’minlovchining buyumi (mahsuloti) har doim ham belgilangan standart
talablariga mos keladi degan ko‘rsatmasi hamma vaqt ham qabul qilinavermaydi.
Chunki u mahsulot sifatini tekshirishda o‘zining shaxsiy tekshirish tizimini
tuzadi, bu deyarli bozorda ham, sanoatda ham keng yoyilgan yo‘llardan biridir.
Lekin hozirgi zamon fan, texnika va texnologik jarayonlarning eng qulay
va samarador tizimi shunday bo‘lishi lozimki, buning natijasida mahsulot ishlab
chiqaruvchiga nisbatan hech qanday ta‘sir etilmasligi lozim. Tashqi savdo va
xalqaro iqtisodiy aloqalar nuqtai nazaridan sertifikatlashtirish faoliyati mustaqil
bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday sertifikatlashtirishni boshqaruvchi
idora standartlashtirish idoralari hamda tijorat tashkilotlari yoki davlat
muassasalari
bo‘lishi
mumkin.
Ular
o‘zlarining
sinov
o‘tkazuvchi
laboratoriyalariga ega bo‘lib, mahsulotni tekshiradigan xodimni ishga
layoqatliligini tekshiradi hamda korxonalardagi sifat tizimini boshqarishdagi
ishlarni amalga oshiradi, uslubiy ta’minlash va boshqa quyidagi ishlarni bajaradi:
– texnologik jarayonlarning turg‘unligini ta’minlash;
– uchinchi tomon tarafidan bajariladigan sertifikatlashtirish tizimi o‘z
tarkibiga mahsulot sinovlarini oladi, bu esa o‘z navbatida mahsulotni standart
talablariga muvofiqligini (mosligini), aniqlashda kerakli vosita hisoblanadi;
– yakka olinadigan mahsulot uchun amaliy va iqtisodiy talablarga javob
beruvchi sertifikatlashtirish tizimin aniqlash;
– sertifikatlashtirish tartib, usullari va ishlashini boshqa sertifikatlashtirish
tizimlari bilan taqqoslash;
– buyum (mol) yoki mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan
haqiqiyligi ko‘rib chiqilganligi yoki ma‘qullanganligini, tegishli markazlarda
141
yoki akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda tekshirilganligini isbotlovchi belgi
(tamg‘a) bo‘lishi, maxsus belgi, etiketkalar, ilova qilib yuboriladigan hujjat –
sertifikatlar yoki sertifikatlashtirilgan buyumlar (mollar) royxatiga kiritilishi
lozim yoki sertifikatlash huquqiga ega bo‘lgan korxonada mahsulotni chiqarish
uchun taqdimnomasi bo‘lishi kerak.
Sertifikatlashtirish turli shakllarda bo‘lib, uni tayyorlash va o‘tkazish
uchun yarim vazifalarni bajarilishi tartibi o‘z navbatida mahsulot turiga, qonunlar
majmuining milliy xususiyatlariga va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Sertifikalashtirishni tayyorlash va uni o‘tkazishda asosiy ishlar qatoriga:
– sertifikatlashtiruvchi maqsluotni tanlash;
– mahsulotga sertifikatlashtirishda belgilanadigan talablarni, tavsiflarni
tanlash;
– sertifikatlashtiruvchi mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini
tekshirish;
– sinov laboratoriyalarini akkreditlash;
– sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish;
– muvofiqlik sertifikatini berish va muvofiqlik belgisi bilan mahsulotni
belgilash (tamg‘alash)lar kiradi.
Sertifikatlashtirish
Milliy
tizimining
me’yoriy
hujjatlarida
sertifikatlashtirishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartiblari quyidagicha
belgilangan (sxemaga qarang):
|