Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


 O‘zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning qonuniy asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   206
4. O‘zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning qonuniy asoslari 
1993 yilning 28 dekabrida Respublikamizda 
«Metrologiya to‘g‘risida»
gi 
qonun qabul qilindi. 
Ushbu 
qonun 
mamlakatimizda 
amalga 
oshiraladigan 
metrologik 
faoliyatlarning, bu sohada davlat idoralari va turli tashkilotlar tomohidan olib 
boriladigan ishlarning qonuniy asosini tashkil etadi. Bundan tashqari, unda 
Davlat metrologik nazorati bo‘yicha faoliyat doiralari va tegishli amallar aniq 
hamda ravshan belgilab berilgan. 
Qonunda asosan, iste’molchilarning huquqlarini himoya etish asosiy 
maqsad etib qo‘yilgan bo‘lib, bu huquqiy davlatlarda turg‘un qonunlar vositasida 
boshqarilib turadi. 
Qonunning alohida xususiyati shundaki, asosiy faoliyat doirasi hisoblangan 
– ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, atrof – muhitning muhofazasi va qurilish, 
mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash kabi sohalar aniq ko‘rsatib 
berilgan. 
«
Metrologiya to‘g‘risida»
 
gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 
21 moddani o‘z ichiga olgan. Unda Respublikamizda metrologiya xizmatini 
yo‘lga qo‘yish, bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va vazifalari, bu 
boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan. 
Qonundagi muhim yangiliklardan biri davlat boshqaruv idoralari va yuridik 
shaxslarning metrologik xizmatlarini, asosiy vazifalarini belgilab berilganligidir. 
Mutaxassislarning bildirayotgan fikrlaricha, davlat boshqaruv idoaralaridagi 
metrologik xizmatga nisbatan yuridik shaxslarning mustaqil faoliyati salmoqliroq 
rivojlanadi. 
«Metrologiya to‘g‘risida»
gi Respublika qonunining eng ahamiyatli 
tomonlaridan biri – quyida keltirilayotgan holatlarning oldini olishdir: 
• ishonchsiz o‘lchash asboblarining yoki uslublarining qo‘llanilishi 
texnologik jarayonlarning izdan chiqishiga sababchi bo‘lib, bundan tashqari, 
energetik resurslar asossiz sarflanib, avariya holatlari va brak mahsulot kelib 
chiqishi mumkin; 


20 
• o‘lchashlarning ishonchli natijalarini olishga katta sarf xarajatlar ketishi 
(rivojlangan davlatlarda o‘lchashlarga yalpi daromadning 6% i sarflanadi); 
• iqtisodiy boshqaruvdagi o‘zgarishlar metrologiyadagi tashkiliy 
o‘zgarishlarga olib keladi. 
Mazkur qonun metrologiya sohasida xalqlararo hamkorlikning qonuniy 
asoslarini mustahkamlab, quyidagi amallarga munosib zamin yaratadi: 
• alohida yondashuvdagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni 
qo‘llab – quvvatlash; 
•O‘zbekiston Milliy metrologiya markazining xalqaro tashkilotlardagi 
obrusini yanada oshirish; 
• ikkiyoqlama va ko‘pyoqlama tashqi iqtisodiy munosabatlardagi turli 
texnikaviy tusiqlarni bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladigan sinovlar, qiyoslash 
va kalibrlash uchun sharoitlar yaratish. 
Davlat metrologik xizmatining huquqiy holatidagi alohida xususiyati 
shundaki, barcha metrologiya xizmatlari vertikal bo‘yicha birgina mahkamaga –
O‘zstandart Agentligiga bo‘ysunadi. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin