Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


 – rasm. Raqamli o‘lchash asboblari: a) Infraqizil nurli termometr; b)



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   206
9 – rasm. Raqamli o‘lchash asboblari: a) Infraqizil nurli termometr; b) 
Quvvat o'lchagichi OLP-15A; c) Raqamli multimetr 971 А

Nazorat uchun savollar: 
1.
O‘lchash asboblari nimaga asosan va qanday klasslarga bo‘linadi? 
2.
O‘lchash asboblarining metrologik tavsiflariga nimalar kiradi? 
3.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi nima? 
4.
Anolog o‘lchash asboblariga kanday asboblar kiradi? 
5.
Elektromagnit va elektrodinamik o‘lchash asboblarinin afzalliklari va 
kamchiliklarini aytib bering. 
6.
Magnitoelektrik va elektromagnit o‘lchash asboblarining farqini ayting. 
7.
O‘lchash mexanizmi nima? 
8.
Raqamli o‘lchash asboblarining afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat? 
9.
O‘lchash o‘zgartkichlari
 
deb nimaga aytiladi? 


71 
10- MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
STANDARTLASHTIRISH DAVLAT TIZIMI 
Reja: 
1.O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati. 
2.O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi. 
3.O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bо‘yicha texnik 
qumitalar. 
4.Standartlashtirish bo‘yicha meyoriy hujjatlar va toifalari. 
5.O‘zbekiston hududida yuritiladigan normativ hujjatlar. 
6.Standartlashtirish tо‘g‘risidagi Respublika qonuni. 
 
Tayanch iboralar: 
standartlashtirish xizmati, standartlashtirish davlat 
tizimi. 
1. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish xizmati 
Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishini, 
muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini ta’minlash 
maqsadida tegishli idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan 
faoliyatlar standartlashtirish xizmatini tashkil etadi.
Quyidagi idoralar standartlashtirish ishlarining tashkil etilishini va olib 
borilishini ta’minlaydilar: 
– tarmoqlararo yo‘nalishga belgilangan mahsulot bo‘yicha –O‘zstandart 
agentligi; 
qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruktsiyalash bo‘yicha – 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi; 
– tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, atrof – muhitni 
ifloslanishdan va boshqa zararli ta‘sirotlardan muhofaza qilish sohasi bo‘yicha 
– O‘zbekistonda Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi; 
– tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dorivor
moddalar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson 
uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish sohasida – O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; 
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni 
vazirliklar, texnikaviy qumitalar, korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor 
tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida to’zilgan yillik reja bo‘yicha 
O‘zstandart agaentligi amalga oshiradi. 
Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar
talablari bilan uyg‘unlashtirishni, kishilarning hayoti va sog‘ligi uchun
xavfsizlikni, atrof – muhitning muhofaza qilishini, iste’molchilar huquqining 
himoya qilinishi, milliy sotsial – iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning 
amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi. 


72 
O‘zstandart, agentligi Davarxitektqurilishqo‘m, Davlat tabiatni muhofaza 
qilish qumitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan sohalar bo‘yicha) 
respublika standartlarini ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanish 
muddatini cho‘zadilar va bekor qiladilar hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar. 
Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga o‘zgartishlar
tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar O‘zstandart davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi 
lozim. 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, 
viloyatlar 
va 
shaharlarda 
standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, muvofiqlashtirish va uning 
muqobil darajasini ta’inlash ishlarini O‘zdavstandart, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi 
va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari 
amalga oshiradi. 
Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha 
ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun zaruriyat bo‘lgan 
hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik 
to’zilmalarida bo‘linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan texnikaning tegishli 
sohalaridagi yuqori ilmiy – texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda
standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari to’ziladi. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin