2 Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi. Mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash-tirish O‘zbekiston
Respublikasining 1994 yil 28 dekabrdagi “Mahsulot va xizmatlarni
sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Unga binoan:
“Mahsulotni
sertifikatlashtirish”
(keyinchalik
sertifi-katlashtirish)
mahsulotga o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi faoliyat;
“Muvofiqlik sertifikati” – mahsulotni o‘rnatilgan talablarga mosligini
tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat;
“Muvofiqlik belgisi” ushbu mahsulot yoki xizmat standartga yoki boshqa
meyoriy xujjat talablariga mosligini ko‘rsatuvchi, o‘rnatilgan tartibda
tasdiqlangan, mahsulotni markalash yoki xizmat hujjatlarida qo‘llaniladigan
belgi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- inson sog‘lig‘i va xayoti yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulkiga, atrof-
muhitga xavfsizligini ta’minlash uchun mahsulotlarni nazoratini amalga
oshirish uchun;
- xalqaro bozorlarda, mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun;
118
- mamlakatimiz va qo‘shma korxonalar, tadbirkorlarni xalqaro iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda qatnashish uchun sharoit yaratish
uchun;
- iste’molchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi)
uchun;
- ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini
tasdiqlash (sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun.
O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish ishlari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni
sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”
Qarori asosida ishlab chiqilgan, Adliya Vazirligida 2005 yil 18 martda 1458 sonli
raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Mahsulotlarni sertifikatlash-tirish
qoidasi” ga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlash-tirish milliy
tizimida (keyinchalik O‘z SMT) mahsulotlarni, shu jumladan, import
mahsulotlarni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga bo‘lgan
umumiy talablarni belgilaydi.
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi yurtimizda ishlab chiqarilgan
va chet eldan keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni sertifikatlashtirish
bo‘yicha akkreditlangan idoralar, (keyinchalik - SI) ular yo‘q o‘lgan holda
sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) o‘tkazadilar.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati,
vazirliklar, Davlat qo‘mitalari takliflarini inobatga olgan holda o‘rnatilgan
tartibda sertifikatlashtirish milliy idorasi tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni
sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”
Qarorining 2-ilovasida keltirilgan.
O‘zbekiston
sertifikatlashtirish
milliy
tizimida
mahsulotlarni
sertifikatlashtirish quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi:
-
sertifikatlashlashtirish uchun buyurtma berish;
-
meyoriy va boshqa hujjatlarni tekshirish;
-
buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish;
-
identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olib ularni laboratoriyalarga
yetkazish;
-
akkreditlangan sinov laboratoriyalarida namunalarni sinovdan o‘tkazish;
-
mahsulotlarni ishlab chiqarish holatlarini baholash;
-
sifat tizimini baholash;
-
mahsulotlarni mosligini dekloratsiyalash;
-
olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki
bermaslik;
-
O‘z SMT Davlat reyestrida muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish;
-
chet el xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan
olish;
-
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning (II, III, IV, V sxemalar uchun)
barqarorligi ustidan tekshiruvchan nazorat olib berish;
-
apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish.
119
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni
sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoida va tartiblari: