Reja. 1.
Setrifikatlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar.
2.
Sertifikatlashtirish sxemalari.
3.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi.
Tayanch so‘zlar : sertifikat, sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirish tizimi.
8.1 Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar va atamalar Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan
sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum
belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida
ma’lum standartga yoki boshqa meyoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi.
Muvofiqlikni setifikatlashtirish mumkin. Xo‘sh, sertifikatlashtirish tushunchasi
nima?
Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning
muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan
faoliyat tushuniladi.
“Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlash-tirish
tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi
tomonidan ishlab chiqilib, uning “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov
laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning
qoidalari” qo‘llanmasiga kirgazilgan.
Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti-ning qo‘llanmasida
“sertifikatlashtirish” atamasining faqatgina izohlari berilgan:
sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va
xizmatlarning sertifikatlash-tirishda /muvofiqlikni sertifiklashtirish/ uchinchi
tomonning qatnashishi tushuniladi;
sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish
bo‘yicha yangi /ta’minlov-chining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish/
tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda.
Qo‘llanmaning
qayta
ishlangan
nushasida
muvofiqlikni
“sertifikatlashtirish” tushunchasi tegishli atamalar guruhiga kiritilgan.
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha
talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi
-