Umumiy daromad va talabning narx elastikligi Bozordagi talab va taklif oʻzgarishlarini oʻrganayotganda, biz oʻrganishni xohlaydigan bir oʻzgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar uchun xaridor toʻlagan va sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni tovarning narxi (P) koʻpaygan sotilgan tovar miqdori (Q). Buni biz grafikda koʻrishimiz mumkin.
Talab egri chizigʻi ostidagi toʻrtburchakning balandligi P, eni esa Q. Toʻrtburchakning yuzi P x Q ushbu bozordagi umumiy daromadga teng. 2-chizmada P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$.
Talab egri chizigʻi boʻylab narx yoki miqdor koʻchsa, umumiy daromad qanday oʻzgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bogʻliq. Agar talab noelastik boʻlsa (3-chizma, (a) qism), narxning oshishi umumiy daromadning oshishiga sabab boʻladi. Bu yerda narxning 1$ dan 3$ga koʻtarilishi talab miqdorini 100 dan 80 ga tushushiga sabab boʻladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. Narxning oshishi P x Q ni ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish P narxdagi oʻsishga nisbatan kichikroq boʻladi.
Agar talab elastik boʻlsa biz qarama-qarshi natijaga erishamiz: narxning koʻtarilishi umumiy daromadning kamayishiga sabab boʻladi. Masalan, 3-chizmadagi (b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab miqdori 50 dan 20 ga tushgan, demak umumiy daromad 200$ dan 100$ ga tushgan. Chunki talab elastik, talab miqdori narxga nisbatan koʻproq oʻzgargan.
Bu chizmadagi misollar ekstremal boʻlishiga qaramasda, ular bir necha umumiy qoidalarni ifodalydi:
Talab noelastik boʻlganda (narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy daromad bir xil yoʻnalishda harakatlanadi.
Talab elastik boʻlganda (narx elastikligi 1 dan katta), narx va daromad qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi.
Agar narx elastikligi aniq 1 ga teng boʻlsa, narx oʻzgarganda umumiy daromad oʻzgarishsiz qoladi.