Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko`p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o`rnini bosadigan tovar bo`lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo`lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo`lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo`lgan bozor.
Oligopoliya- bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik qiladi.
Monopolraqobatbozori to`liq raqobatlashmagan bo`lib, unda qatnashadigan firmalar soni ko`p bo`lib, ularning har biri o`z tovarlari narxini ma`lum chegarada nazorat qiladi, ya`ni ular kichik bo`lsa ham monopol hokimiyatga ega.
Monopsoniya- xaridor bitta bo`lib, sotuvchilar ko`p bo`lgan bozor. Monopol hokimiyatda narx chekli xarajatdan yuqori bo`ladi.
Nazorat savollari Sof monopol bozor qanday xususiyatlarga ega?
Monopol raqobat bozorining mukammal raqobatlashgan bozor bilan oʻxshash tomonlari va farqlarini tushuntirib bering.
Monopol bozoriga kirish toʻsiqlarini sanab bering.
Oligopolik bozor qanday xususiyatlarga ega?
Kurno muvozanatini izohlab bering.
Duopolik bozorda harakat qilayotgan firmalar uchun quyidagilardan qaysi biriga erishish afzalroq: Kurno muvozanatiga, raqobatlashgan muvozanatga va kelishgan holda harakat qilishga?
12-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI BOZORI REJA: 12.1. Mehnat munosabatlari va mehnat resurslaridan foydalanish koʻrsatkichlari 12.2. Taklif chizigʻi yotiqligi................................................................... 12.3. Investitsiyani hisoblashdagi diskontirlangan qiymat...................... Tayanch iboralar:Chekli mehnat daromadliligi grafigi, Raqobatlashgan mehnat bozorida mehnat narxining uning miqdoridan bogʻliqligi, Tarmoq mehnat bozori, Naflik funksiyasini maksimallashtirish