Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə121/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Hamkorlik iqtisodi. Biz koʻrganimizdek, Oligopolistlar Monopoliya xohlaydi, biroq davom ettirish va asos solish bu vaqtda mushkul vazifa hisoblanganidek, vaziyat hamkorlik qilishga undaydi. Ya’ni qachonki ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlik ma’qul, ammo mushkul boʻlgandagi vujudga kelgan muammolarni koʻrdik. Hamkorlikning iqtisodiyotdagi oʻrnini sinchiklab oʻrganishimiz uchun ozgina oʻyinlar nazariyasi haqida oʻrganishga majburmiz.
Xususan, biz maxbuslarning dilemmasi deb ataladigan bir muhim oʻyinlarda davom etamiz. Bu oʻyinlar nima uchun hamkorlik qiyin boʻlishini ichki jihatdan tushuntirib beradi. Hayotda bir necha marta odamlar hatto hamkorlik ularga yaxshi foyda olib kelgan boʻlsa ham, biri boshqasi bilan hamkorlik qilishda muvafaqqiyatsizlikka uchragan. Oligopoliya shunga misol boʻla oladi. Maxbuslarning dilemmasi qissasi har qanday guruhda hamkorlikni uning a’zolari oʻrtasida saqlab qolishini oʻz ichiga oluvchi umumiy bir darsdir.
Maxbuslarning dilemmasi
Maxbuslarning dilemmasi bu – Politsiya tomonidan hibsga olingan ikki jinoyatchi haqidagi hikoyadir. Keling ularni Zokir va Ortiq deb ataymiz. Politsiyada bu ikki jinoyatchi ya’ni Zokir va Ortiqni roʻyxatga olinmagan qurolni, ya’ni miltiqni koʻtarib yurganining, ahamiyatsiz gʻayri qonuniy xatti-harakatida hukm chiqarish uchun yetarlicha isbot va dalillar bor. Politsiya bu ikki jinoyatchi birgalikda bir bankda oʻgʻirlik sodir etganini tahmin qilmoqda, biroq Politsiya, ularni bu katta jinoyat ustida hukm qilishga qiyinchilik bilan erishishdi. Politsiya Zokir va Ortiqni alohida xonalarda soʻroq qilishdi va Politsiya ularning har biridan quyidagi ma’lumotlarni olishdi:
“Togʻri hozir biz 1 yilga qamoqqa tushira olamiz. Agarda siz bankni oʻgʻirlashga va sherigingizni ham jalb qilganingizga iqror boʻlsangiz, biz sizni himoya qilishimiz va siz ozodlikka chiqishingiz mumkin. Sizning sherigingiz qamoqda 20 yil boʻladi. Biroq agarda siz birga oʻz jinoyatingizni amalga oshirganingizni tan olsangiz, biz sizga guvoh boʻlishimiz shart emas va biz sud jarayoni qiymatini oldini olamiz, shuningdek, har biringiz 8 yildan qoʻshimcha jazo olasiz.
Agarda Zokir va Ortiq, shavqatsiz bank oʻgʻrilari ya’ni ular oʻzlarini hukmlarini oʻylashsa, siz ulardan nima qilishini kutasiz? 1-rasm, ularning qarorlarini koʻrsatadi. Har bir maxbusda ikki strategiya bor: tan olish yoki jim turish. Har bir maxbus uning jinoyatdagi sherigi tomonidan tanlangan strategiya va u tanlaydigan strategiyaga bogʻliq boʻlgan hukmni oladi.
Birinchi boʻlib, Zokir qarorini koʻrib chiqamiz. U quyidagicha mulohaza qiladi: "Men Ortiqni nima qilmoqchi ekanligini bilmayman. Agar u jim tursa, men oʻzimning eng yaxshi strategiyamni tan olsam, keyinchalik men qamoqxonada 1 yil oʻtishiga nisbatan tezroq ozodlikka chiqaman. Agarda u tan olsa, mening eng zoʻr strategiyam tan olinganda, keyinchalik qamoqxonada 20 yil oʻtishiga qaraganda, 8 yil oʻtishi tezroq. Shuning uchun, Ortiqning nima qilishidan qat’iy nazar, men yaxshisi tan olaman” oʻyinlar nazariyasi tilida, bu strategiya ustun strategiya deb nomlanadi, agar boshqa oʻyinlarchilar tomonidan qilingan strategiyani e’tiborga olmaslikdan qat’iy nazar amal qilish uchun eng zoʻr strategiyadir. Bu holda, tavba Zokir uchun ustun strategiyadir. Agar u ikki narsani e’tiborga olishdan qat'iy nazar, Ortiq tan oladimi yoki jim turadimi, yoʻqmi, u tan olsa qamoqxonada vaqtini kamroq oʻtkazadi.
Endi Ortiq qarorini koʻrib chiqamiz. U ham Zokir kabi bir xil qarorlarga duch kelsa, va u ham xuddi shu yoʻlni tutadi. Nima boʻlishidan qat'iy nazar, Zokir nima ish qilsa ham, Ortiq tomonidan tan olish uning qamoqdagi vaqtini kamaytirishi mumkin. Boshqa soʻzlar bilan aytganda, tan olish Ortiq uchun ham ustun strategiyadir.
Oxir-oqibat, Zokir va Ortiq ikkalasi tan oladi va har ikkisi qamoqda 8 yil oʻtiradi. Biroq, ularning nuqtayi nazaridan, bu dahshatli natijadir. Ular ikkalasi ham jim turgan boʻlsa, ularning har ikkalasi ham qurol ayblovi boʻyicha qamoqda faqat 1 yil oʻtirishi yaxshi boʻlar edi. Chunki, ikki maxbus har biri oʻz manfaatlarini koʻzlaydilar, birga har biri uchun yomon boʻlgan natijaga erishadilar.

Siz Zokir va Ortiq bu holatni oldindan bilgan va oldindan rejalashtirgan, deb oʻylashingiz mumkin. Lekin hatto rivojlangan rejalashtirish bilan, ular hali ham muammolar ichiga kirib ketishdi. Politsiya Zokir va Ortiqni qoʻlga olishdan oldin, ikki jinoyatchi tan olishiga emas, balki shartnoma qilgan, deb tasavvur qilgan. Ular har biri qamoqxonada faqat 1 yil oʻtirishi mumkin. Ular alohida-alohida soʻroq qilingandan soʻng, oʻz-oʻzini qiziqtirgan mantiq orqali tan olib boradi. Ikki maxbuslar oʻrtasida hamkorlikni saqlab qolish qiyin, chunki yakka hamkorlik asossiz edi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin