Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Bir necha sotuvchili bozorlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə118/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

11.4. Bir necha sotuvchili bozorlar
Oligopolistik bozorlarda sotuvchilarning faqat kichik guruhi boʻlganligi sababli, oligopoliyaning asosiy xususiyati hamkorlik va oʻz manfaatlarini yuqori qoʻyish oʻrtasidagi keskinlikdir. Oligopolistlar guruhi Monopolist yoqtiradigan – kam miqdorda ishlab chiqarish va chekli xarajatdan yuqori narxni belgilash-hamkorlik va ishlashning eng yaxshisidir. Chunki har bir oligopolist faqat oʻzining foydasi haqida oʻylaydi va bu yerda monopoliyadan chiqish yoʻlini davom ettirishdan firmaning bir guruhida kuchli ragʻbatlantiruvchi omil bor.
Duopoliya
Hozir biz oligopoliyalarning xatti-harakatlarini tushunish uchun faqat ikki a’zosi boʻlgan Duopoliya deb nomlanuvchi oligopoliyani koʻrib chiqish imkoniyatiga egamiz. Duopoliya oligopoliyaning eng sodda koʻrinishidir. Oligopoliya uch yoki undan koʻp a’zolar bilan ham duopoliyaga oʻxshab bir xil muammolarga duch keladi, shuning uchun biz soddaroq voqealar bilan boshlasak, tushunish osonroq boʻladi.
Tasavvur qiling shaharchada faqat ikki odamda Anvar va Bahromda oʻzining ichimlik suvi boʻlgan quduqlariga ega. Har shanba kunlari, Anvar va Bahrom qancha bochqa suvni nasos bilan tortib chiqarish, shaharga suv olib kelish va bozor oʻrnatgan har qanday narx uchun sotishni hal qiladilar. Vaziyatni murakkablashtirmaslik uchun, Anvar va Bahrom koʻp suvni nasos bilan tortib chiqarishi mumkinligini, ular qandaydir xarajatlarsiz xohlashlarini nazarda tutadi. Ya’ni suvning chekli xarajatlari nolga teng.
11.1-jadval shaharchaning suvga boʻlgan talabi jadvalini koʻrsatadi. Birinchi ustun umumiy talab miqdorini koʻrsatadi va ikkinchi ustun narxni koʻrsatadi. Agarda ikki ishlab chiqaruvchi suvning umumiy 10 bochkasini sotsa, suvning bir bochkasi 110 soʻm boʻladi. Agar ular umumiy 20 bochka suv sotsa, 1 bochka suv narxi 100 soʻmga tushib ketadi va hokazo. Demak, shunday qilib, siz bu ikki ustunni raqamlarini chizmada aks ettirsangiz, andozaviy koʻrinishdagi pastga yoʻnaltirilgan talab egri chizigʻini olasiz.
11.1-jadvaldagi soʻnggi ustun suvning sotilgandan keyingi umumiy tushumini koʻrsatmoqda. U vaqt ichida sotilgan miqdor narxiga teng. U suvni nasos bilan tortishning xarajati boʻlmaganligi sababli ikki ishlab chiqaruvchining umumiy tushumlari ularning umumiy foydasiga teng.
Keling endi shaharni suv sanoatini qanchalik tashkil etilishi suvning narxi va sotilgan miqdoriga qanchalik ta’sir etishini koʻrib chiqamiz.
Anvar va Bahromning Duopoliya sharoitidagi suvning narxi va miqdorini muhokama qilishdan oldin, agar suv bozori yo mukammal raqobat yoki monopolistik boʻlgandagi qisqacha natijasini keling koʻrib chiqamiz. Bular tabiiy darajaning ikki qutbidir.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin