Davlat byudjetining asosiy daromadlari nimalardan iborat?
Davlat byudjeti daromadlari – davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‗rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi.
Davlat byudjeti daromadlari tarkibi: soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar;
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
meros, hadya huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tgan pul mablag‗lari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‗lash hisobidan to‗lovlar;
qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet daromadlarining shakllanishi mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, oraliq xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg‗armalarning bir qismini davlat byudjetiga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi.
Davlat byudjetiga ta’rif berib izohlang.
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 3-moddasida esa - davlat byudjeti iborasi ―davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta‘minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi deb ta‘riflanadi.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflarning har biri davlatning ma‘lum funksiyalarini bajarish maqsadida markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ularda jamlangan moliyaviy resurslarni sarflash bilan bog’liq munosabatlarning u yoki bu jihatini aks ettiradi.