Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi (tabaqalashuvi)



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə131/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi (tabaqalashuvi). Biz yuqoridagi mulohazalardan ish haqini oʻzgarmas deb qaradik. Amalda oʻrtacha ish haqi mutaxassisliklar boʻyicha ham, tarmoqlar boʻyicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar boʻyicha ham farq qiladi. Masalan, avtomobilsozlik tarmogʻida ishlaydigan ishchilarning oʻrtacha ish haqi, qurilish sohasida ishlaydigan ishchilarning oʻrtacha ish haqlaridan farq qiladi, xuddi shunday kimyo tarmogʻidagi oʻrtacha ish haqi ham engil va oziq-ovqat sanoatidagi oʻrtacha ish haqidan farq qiladi. Poliklinikada ishlovchi har xil kategoriyadagi vrachlarning ish haqi ham bir xil emas. Yuqori kategoriyali vrach past kategoriyali vrachga qaraganda koʻproq maosh oladi.
Ushbu farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma’lumoti, bilimi, tajribasi, malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular oladigan daromadlarga har-xil ta’sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab chiqarishning inson hayoti uchun zararli boʻlishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish haqida ushbu zararni qoplaydigan qoʻshimcha ish haqida oʻz ifodasini topadi.
Quyidagi 16-rasmda ishning ogʻirligi va zararligi uchun toʻlanadigan qoʻshimcha ish haqi koʻrsatilgan.

16-rasm. Har xil ish sharoitidagi ish haqi


Bu erda ogʻir ishni bajaruvchi, qoʻshimcha ish haqi oladi, .
Iqtisodiy renta. Biz yuqorida resurs qanchalik koʻp cheklangan boʻlsa, uning narxi ham shunchalik yuqori boʻlishini koʻrgan edik. Shuning uchun ham yuqori malakali mutaxassis har doim ortiqcha ish haqi oladi. Ushbu ortiqcha ish haqi iqtisodiy renta boʻlib, u ishchining qobiliyati yoki yuqori malakasi uchun toʻlanadi.
Tarmoq mehnat bozorini koʻrib chiqaylik (17-rasm).

17-rasm. Iqtisodiy renta


Muvozanat sharoitida ( nuqta) ishchilar ish haqi oladilar. Lekin, malakali ishchilar ish haqi olib ishlashga tayyor boʻlsalar ham ish haqi olayaptilar (demak, ular oladigan iqtisodiy renta ga teng boʻladi).
Minimal ish haqi (mehnat narxi) bilan bozorda shakllangan ish haqi oʻrtasidagi farq iqtisodiy rentani tashkil etadi. 17-rasmda barcha ishchilar uchun ushbu koʻrsatkich uchburchak yuziga teng. Shuning uchun ham raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda iqtisodiy rentaning boʻlishi, tarmoqqa yangi ishchilarni kirib kelishini ragʻbatlantiradi. Raqobatlashuvchi tarmoqda uzoq muddatli oraliqda mehnat taklifi chizigʻi absolyut elastik (gorizontal) boʻlgani uchun iqtisodiy renta boʻlmaydi. Lekin, noyob mutaxassislarning etishmasligi, iqtisodiy renta uzoq muddatda ham saqlanib qoladi (amalda ishlab chiqarishda noyob mutaxassislarni jalb qilish uchun, ularga qoʻshimcha ish haqi belgilanadi). Estrada yulduzlari, kino yulduzlari, mashhur sportchilar iqtisodiy renta oladilar. Quyidagi 18-rasmda ushbu holat ifodalangan.
Boshlangʻich ishchi kuchiga talab , taklif esa . Taklif elastik boʻmaganda, ishchi kuchi narxi faqat talabdan bogʻliq boʻladi. Kinoaktyorning obroʻi oshib borishi, unga boʻlgan talabni dan ga keskin oshiradi.

18-rasm. Taklif cheklangandagi iqtisodiy renta.


Shunday qilib, uning narxi dan ga koʻtariladi. Rasmda toʻrtburchak yuzi iqtisodiy rentani ifodalaydi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin