Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar Qogʻoz zavodi va poʻlat zavodi misoliga qaytadigan boʻlsak, keling tasavvur qilaylik, iqtisodchilar maslahatiga qaramay, EPA
tartibga solishni joriy qiladi va har bir zavoddan yiliga 300 tonna chiqindi miqdorida ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Keyin bir kuni, tartibga solish amalda va har ikki zavod unga rioya qilgan paytda, ikkala firma EPAga taklif bilan murojaat qiladi. Poʻlat zavod 100 tonna chiqindi miqdorida chiqindi chiqarishni oshirishni istaydi. Qogʻoz zavodi poʻlat zavodi unga soʻm5 million toʻlasa, oʻsha miqdorda oʻz chiqindi chiqarishini kamaytirishga rozi boʻladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi?
Iqtisodiy samaradorlik nuqtayi nazaridan, shartnomaga ruxsat berish yaxshi siyosat. Ular ixtiyoriy ravishda rozi boʻlayotgani bois, shartnoma ikkala zavod egalariga foydali boʻlishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma hech qanday tashqi ta'sirga ega emas, chunki ifloslanish umumiy miqdori bir xil boʻlib qolmoqda. Shunday qilib, qogʻoz zavodining poʻlat zavodiga ifloslantirish huquqini sotish uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi.
Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har qanday ixtiyoriy oʻtkazish uchun amal qiladi. Agar EPA firmalarga bunday shartnomalar qilish imkonini beradigan boʻlsa, u, oʻz mohiyatiga koʻra, yangi noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan boʻldi. Bu ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo boʻladi va bu bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan boʻladi. Koʻrinmas qoʻl bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi. Ya'ni, toʻlashga oʻz tayyorligi bilan aniqlanadigan ruxsatni eng yuksak baholaydigan firma qoʻlga kiritadi.
Firmaning toʻlash uchun xohishi, oʻz navbatida, ifloslanishni kamaytirish xarajatiga bogʻliq boʻladi: Ifloslanishni kamaytirish firma uchun qanchalik koʻp xarajatli boʻlsa, ruxsatnoma uchun toʻlashga shunchalik koʻp tayyor boʻladi.
Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yoʻl qoʻyish afzalligi shundaki, firmalar oʻrtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlangʻich taqsimoti iqtisodiy samaradorlik nuqtayi nazaridan muhim emas deb hisoblanadi. Faqat ifloslanishni arzon xarajatlar bilan kamaytirishi mumkin firmalar ruxsatnomalarni sotadi va yuqori xarajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar oʻzlariga kerak miqdorda ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor boʻlgani tufayli, boshlangʻich taqsimotdan qat'iy nazar soʻnggi taqsimot samarali boʻladi.
Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi soliqlardan farqli koʻrinsa-da, ikki siyosat koʻp umumiy
jihatlarga ega. Har ikki holatda ham, firmalar ifloslanish uchun toʻlaydi. Tuzatuvchi soliqlar bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar hukumatga soliq toʻlashi kerak. Ifloslantirish ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun toʻlashi kerak. (Hatto allaqachon oʻz ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun toʻlashi shart: ular ochiq bozorda oʻz ruxsatnomalarini sotishdan olgan miqdor ifloslantirish imkoniyati xarajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va ifloslantirish ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni xarajatli qilish orqali tashqi ta'sirni oʻzlashtiradi.
Ikki siyosat oʻxshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi uchun talab chizigʻini koʻrsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past boʻlsa, firmalar ifloslantirishni shunchalik koʻproq tanlashini koʻrsatadi. (a) chizmada EPA ifloslantirish uchun narx belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizigʻi mukammal elastik (chunki firma soliq toʻlash orqali ular istaganicha koʻp ifloslantirishi mumkin) va talab chizigʻi vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizigʻi mukammal noelastik (chunki ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizigʻi vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni oʻrnatish orqali berilgan talab egri chizigʻining har qanday qismiga erishishi mumkin.