Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


KEYS Stadi. NEGA BENZIN BUNCHALIK OG`IR SOLIQQA TORTILADI?



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə152/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

KEYS Stadi. NEGA BENZIN BUNCHALIK OG`IR SOLIQQA TORTILADI?
Koʻp mamlakatlarda, benzin eng ogʻir soliqqa tortiladigan tovarlardan biridir. Gaz soligʻi avtomobil bilan bogʻliq uch salbiy tashqi ta’sirga qaratilgan tuzatuvchi soliq sifatida koʻrilishi mumkin:

  • Tirbandlik: siz hech bir yuzma-yuz tirbandlikda boʻlgan boʻlsangiz, siz ehtimol yoʻlda kam mashina boʻlishini istagansiz. Benzin soligʻi odamlarni jamoat transportidan foydalanish va ishga yaqin joyda yashashga undab tirbandlikni kamaytiradi.

  • Baxtsiz hodisalar: odamlar katta avtomobil yoki sport-kommunal xizmat transport vositalarini sotib olganda, oʻzlarini xavfsizroq qilishi mumkin, lekin ular qoʻshnilarini xavf ostiga qoʻyadi. Milliy Avtomobil Yoʻl Xavfsizligi Boshqarmasi (National Highway Traffic Safety Administration) ma’lumotiga koʻra, boshqa mashinaga urilgandan koʻra, sport-kommunal xizmat avtomobiliga urilganda, odatda, oddiy mashina haydovchilari vafot etishi ehtimoli besh marta koʻp boʻladi. Gaz soligʻi odamlarni katta, gaz-yoqilgʻisidan foydalanqan transport vositalari boshqalarga xavf solganda toʻlashga majbur qilishning bilvosita yoʻlidir, bu esa oʻz navbatida ularni qanday avtomobil sotib olishni tanlashda ushbu xavfni ham hisobga olishga undaydi.

  • Ifloslanish: benzinga oʻxshash yoqilgʻilarni yoqish global isishi sababi deb koʻpchilik ishonadi. Mutaxassislar bu tahdid unchalik xavfli emasligini ta’kidlashsa-da, lekin gaz soligʻi benzindan foydalanishni kamaytirib xavfni shubhasiz kamaytiradi.

Shunday qilib, gaz soligʻi koʻpchilik soliqlar kabi ijtimoiy zarar oʻrniga, yaxshi iqtisodiyotni tashkil qiladi. Bu kam tirbandlik, xavfsiz yoʻllar va toza muhitni anglatadi.
Benzinga soliq qanchalik yuqori boʻlishi kerak? Koʻpchilik Yevropa davlatlari, Qoʻshma Shtatlarga qaraganda ancha yuqori benzin soliqlarini kiritadi. Koʻpchilik kuzatuvchilar Amerika Qoʻshma Shtatlari ham ogʻirroq benzin soligʻini joriy qilishni taklif qilgan. Iqtisodiy adabiyot jurnalida chop etilgan, 2007-yilgi izlanish avtomobil bilan bogʻliq turli tashqi ta’sir miqdori boʻyicha tadqiqotlarni xulosa qiladi. Xulosaga koʻra, benzinga maqbul tuzatuvchi soliq bir bochkaga soʻm2.10 edi, Qoʻshma Shtatlarda esa amaldagi soliq 40 sent boʻlgan.
Benzin soligʻidan keladigan soliq daromadi ragʻbatlantirishlarni buzadigan va ijtimoiy yoʻqotishlarga olib keladigan soliqlarni pasaytirish uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, yanada tejamkor avtomobil ishlab chiqarishni talab qiladigan ogʻir hukumat qoidalari keraksizday edi. Ammo bu fikr siyosiy jihatdan hech qachon mashhur boʻlmadi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin