Narkotikdan noqonuniy foydalanishni kamaytirishga qaratilgan siyosat Narkotikni taqiqlash taklif hajmini S1 dan S2 ga kamaytiradi (a). Agar narkotikka boʻlgan talab noelastik boʻlsa, narkotikdan foydalanish kamayishiga qaramasdan unga toʻlanadigan toʻlov hajmi ortadi. Aksincha, narkotikka qarshi oʻqitish narkotikka boʻlgan talabni D1 dan D2 ga kamaytiradi (b). Biroq bunda narx va miqdor ham kamayib, undan foydalanuvchilar tomonidan toʻlanadigan toʻlovlarni kamaytiradi
(a) Narkotikni taqiqlash
(b) Narkotikka qarshi oʻqitish
Agar talab elastik boʻlmasa, giyohvand moddalar bozoridagi umumiy daromad koʻtariladi. Chunki giyohvand moddalardan foydalanishga nisbatan narx ancha koʻtarilgan boʻladi. Bu esa giyohvandlar toʻlaydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar oʻzlarining ehtiyojini qondirish maqsadida oʻgʻirlik qilishga ham toʻgʻri keladi, ularga avvalgidan ham koʻproq pul zarur boʻladi. Demak, giyohvand moddalarni toʻxtatish siyosati unga doir jinoyatlar sonini oshiradi.
Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutaxassislar muqobil yechimini topishga bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar taklifini qisqartirgandan koʻra, siyosatchilari giyohvand moddalar haqida ta’lim berish orqali ularga boʻlgan talabni qisqartirishga harakat qilishlari mumkin. Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada koʻrsatilgan.
Talab egri chizigʻi chapga D1 dan D2 ga surilgan. Natijada muvozanat miqdori Q1 dan Q2 ga va muvozanat narx esa P1 dan P2 ga tushgan. Umumiy daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini toʻxtatishdan farqli oʻlaroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini kamaytirishni ta’minlaydi.
Giyohvand moddalarni toʻxtatish tarafdorlari siyosatning uzoq muddatli ta’siri qisqa muddatliligidan koʻra farqli deb hisoblaydi, chunki talab elastikligi vaqtga bogʻliq. Talab qisqa muddatda elastik boʻlmasligi mumkin, chunki ogʻuga oʻrganib qolganlarga narxning koʻtarilishi ta’sir etmaydi. Lekin vaqt oʻtgan sari talab elastik boʻlib boraveradi, chunki yuqori narx yoshlar orasida bu moddalarni sinab koʻrishdan qaytaradi va vaqt oʻtgan sayin faqatgina sanoqli giyohvandlar qoladi. Bunday holatda, giyohvand moddalarni toʻxtatish siyosati qisqa muddatda ularga doir jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi.
Qisqa xulosalar
Elastiklik - bir o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta′siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov. Aniqroq qilib aytganda, biror o`zgaruvchining bir foizga o`zgarishi natijasida boshqa bir o`zgaruvchining ma′lum foiz miqdoriga o`zgarishini ko`rsatadigan ko`rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog`liq talab elastikligini keltirish mumkin. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o`zgarishi, unga talabni necha foizga o`zgartirishini ko`rsatadi.
Tаlаb qоnunigа аsоsаn istе′mоlchilаr nаrх аrzоnlаshuvi tа′siridа ko`prоq tоvаr хаrid qilishgа mоyil bo`lаdilаr. Аmmо, istе′mоlchilаr tаlаbining nаrх o`zgаrishigа munоsаbаti tоvаrning хususiyatigа ko`rа turlichа bo`lishi mumkin. Аyrim tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishigа nisbаtаn istе′mоlchilаrning sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi vа nаrхdаgi оzginа o`zgаrishlаr tа′siridа tоvаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоri sеzilаrli dаrаjаdа o`zgаrаdi. Оdаtdа qimmаtbаhо buyumlаr nаrхigа nisbаtаn istе′mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi. Mаsаlаn, yеngil аvtоmоbillаr nаrхining оshishi ungа bo`lgаn tаlаbning sеzilаrli qisqаrishigа оlib kеlаdi. Bundаy tоvаrlаrgа bo`lgаn elаstik tаlаb dеyilаdi.
Ikkinchi tur tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishi ulаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоrigа sеzilаrli tа′sir ko`rsаtmаydi. Ko`pinchа kundаlik ehtiyoj vа zаrurаt buyumlаri nаrхigа nisbаtаn istе′mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi pаst bo`lаdi. Mаsаlаn, оziq-оvqаt,dоri-dаrmоn,gugurt kаbi tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishi ulаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоriga sеzilаrli tа′sir ko`rsаtmаydi. Bundаy tоvаrlаrgа bo`lgаn tаlаb nоelаstik tаlаb dеb аtаlаdi.
Elastiklik koeffitsienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikka ega bo`lgan talablarga ajratish mumkin.
Talab elastikligi narxdan tashqari, daromadga ham bog`liq. Ko`pgina tovarlarga talab, iste′molchilar daromadi oshganda oshadi. Daromad bo`yicha elastiklik, bu daromadni R (Revenue) bir foizga o`zgarishi talab miqdorini (Q) necha foizga o`zgarishini bildiradi.
Bitta tovarga bo`lgan talabga boshqa bir tovarning narxi ta′sir ko`rsatadi. Bunday bog`liqlikdagi talab o`zgarishiga narxga bog`liq kesishgan talab elastikligi deyiladi. Kesishgan talab elastikligi - bu boshqa tovarlar narxi bir foizga o`zgarganda, tovarga talabning necha foizga o`zgarishini bildiradi.