Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Befarqlik egri chizigʻining ikki eng yirik namunasi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə60/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Befarqlik egri chizigʻining ikki eng yirik namunasi
Befarqlik egri chizigʻi bizga iste’molchining bir tovarni ikkinchi biriga alishtirmaslik xohishi haqida “ma’lumot beradi”. Bir mahsulot oʻrnini boshqasi bosa olsa, befarqlik egri chizigʻi tanlash osonlashadi, aks holat boʻlsa, aksincha, qiyinlashadi. Buning toʻgʻriligini koʻrish uchun, bir holni koʻrib chiqamiz.
Mutloq oʻrin bosuvchilar: tasavvur qiling, kimdir sizga 10 sentlik tanga bilan nikel boʻlagi toʻplamini taklif qildi. Siz ushbu farqli narsalarni qanday baholar edingiz?
Odatga koʻra, siz ikkalasining ham pulga chaqsa boʻladigan qiymati haqida oʻylar edingiz. Agar shunday boʻlsa, siz toʻplamdagi nikel va pulning qanchaligini e’tiborga olmay ikkita nikel boʻlagini bitta oʻn sentlik tangaga ayirboshlardingiz. Sizning ushbu nikel va pul orasidagi oʻrin bosish qiymatingiz ikkiga bir boʻlar edi.
Biz sizning befarqlik egri chizigʻingiz ya’ni nikel va pul oʻrtasidagi afzal koʻrish sigʻimingizni 5-chizmada aks ettirib beramiz. Oʻrin bosish qobilyati oʻzgarmas boʻlgani sabab, befarqlik egri chizigʻi toʻgʻri chiziq vazifasini oʻtaydi. Bu toʻgʻri befarqlik egri chizigʻi tufayli yuqoridagi ikki Tovar bir-birining oʻrnini mukammal bosa oladi.
Mutloq bir-birini toʻldiruvchilar: Tasavvur qiling, kimdir sizga oyoq kiyimlar toʻplamini tavsiya etdi. Ularning ba’zilari oyogʻingizga mos tushdi, ba’zilari esa yoʻq. Siz ularni qanday baholar edingiz? Bu vaziyatda siz, albatta, oʻlchami mos kelganlarga e’tibor qaratasiz. Boshqa soʻz bilan aytganda, siz faqat tanlab olgan oyoq kiyimlaringiz ustidan “hukm chiqarasiz”. Beshta chap va yettita oʻng poy oyoq kiyimidan faqat beshta juftlik olishingiz mumkin.

Qachonki ikkita tovar xuddi 5 sentlik tanga bilan 10 sentlik tanga kabi bir-birining oʻrnini oson egallasa, befarqlik egri chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻladi (a). Qachonki ikkita mahsulot chap va oʻng oyoq kiyimlari kabi bir-biriga kuchli bogʻlangan boʻlsa, befarqlik egri chizigʻi toʻgʻri burchak ostida boʻladi (b).

Agar chap jufti boʻlmasa, ikkita oʻng oyoq kiyimni olganning foydasi yoʻq. Biz chap va oʻng oyoq kiyimlarining befarqlik egri chizigʻiga qanday mos kelishini 5-b chizmada tasvirlaymiz. Bu yerda 5 ta oʻng va 5 ta chap oyoq kiyimlari 5 ta oʻng va 7 ta chap hamda 5 ta chap va 7 ta oʻng oyoq kiyimlari bilan teng rol oʻtaydi. Shuning uchun befarqlik egri chizigʻi toʻgʻri chiziqlardir. Toʻgʻri chiziqli befarqlik egri chizigʻi holatiga koʻra biz ikki xil variant bir-birining oʻrnini toʻla bosa oladi deyishimiz mumkin. Haqiqiy hayotda, albatta, na mukammal oʻrin bosa oladi (nikel va sent pullar kabi) va na mukammal bir-birini toʻldiradi (oʻng va chap oyoq kiyimlari kabi). Odatda, befarqlik egri chizigʻi ichki xohishdan kelib chiqadi, toʻgʻri chiziq kabi bir xil boʻlavermaydi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin