Termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti termiz davlat universiteti



Yüklə 17,48 Kb.
səhifə1/3
tarix19.10.2023
ölçüsü17,48 Kb.
#157433
  1   2   3
Termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti-fayllar.org (1)


Termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI
TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI 120-GURUH TALABASI
ALLANAZAROV OTABEKNING
TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN FANIDAN
LOYIHALASH ISHLARINING XUSUSIYATLARI MAVZUSIDA
TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

TOPSHIRDI:____________________


QABUL QILDI:____________________
TERMIZ-2023

Mavzu: Loyihalash ishlarining xususiyatlari.
Reja:


  1. Texnik loyihalash jarayoni.


  2. Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari.


  3. Loyihalash ishlarining xususiyatlari


Texnik loyihalash jarayoni. Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish murakkab va uzoq muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o’z tarkibiga muhandislik bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni o’zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi. Dastlabki bosqich - muhandislik bashoratini qurish ikki yo'nalishda amalga oshiriladi: mavjud bazis obyektidan kelajak toinon bashorat qilish hamda kelajakda erishilishi talab qilinadigan maqsaddan muammoning bugungi kundagi holatiga tomon.
Loyihalash buyumning umumiy konstruktsiyasini ishlab chiqishni ko’zda tutadi. Loyihalashning dastlabki bosqichida erishilishi lozim bo’lgan maqsad, yoki qondiriladigan maqsad belgilab olinadi. So’ngra maqsadga erishish uchun aniq vazifalar shakllantiriladi. Vazifalarni belgilashda mavjud imkoniyatlar va sharoitdan kelib chiqiladi. Loyihalashning keyingi bosqichi g'oyani shakllantirish deb nomlanib, u loyihalashning asosini tashkil etadi. Ko’pchilik holatlarda uni amalga oshirish uchun mavjud metodni yangi sharoitlarda qo’llash yo'nalishidan foydalaniladi. Keyingi bosqichda muhandislik tahlili amalga oshiriladi.
Bunda model ko’rsatkichlari aniqlashtiriladi, zarur holatlarda haqiqiy buyumga yaqin ko'rsatkichlarga ega bo'lgan model yaratiladi. Shu asosda buyumni ishlab chiqishning texnik vazifasi shakllantiriladi. Texnik vazifa konstruktorning loyihani ishlab chiqishidagi dastíabki asoslovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yoritib berishi lozim:
  • mashinaning yaratilish maqsadi;


  • uning parametrlari, ish tartibi va sharoitlari;


  • tajriba-sinov ishlari to’g'risidagi ma'lumotlar;


  • mashinaning printsipial tuzilishi va uning harakatlanish mezonlari;


  • avtomatlashtirilganlik va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi;


  • ishlatilish sharoitlari;


  • loyihani bajarish muddati;


  • ishlab chiqarishning seriyaliligi;


  • uni tayyorlovehi korxona to'g'risidagi ma’lumotlar;


  • mashina va loyihaga qo’yilgan texnik talablar.


Texnik loyihalash va modellashtirish uchun kerakli materiallar. Ish o'rni deganda ustaxona maydonining o'quv ishlab chiqarish va konstruktorlik-texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va moslamalarning maqsadga muvofiq holda joylashtirilgan qismi tushuniladi. Ishlash vaqtida o'quvchining gavdasi eng qulay joylashsa va ortiqcha harakatlanmasa, bunday ish o'rni ratsional tashkil qilingan hisoblanadi. Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish uchun tegishli materiallar detallarning hamda yig’ish birliklariga tahsir etadigan kuchlarning xarakterini nazarda tutgan holda tanlanadi.


Bunda materiallaming tegishli lug’atlardan topish mumkin bo'lgan xossalarini ham albatta hisobga olish kerak. Texnik loyihalash va modellashtirishda metallardan tashqari metalmas materiallar ishlatiladi. Modellar va texnik qurilmalarni yasashda ana shunday materiallardan yog'och, qog’oz, plastmassalar keng qo’llaniladi. Modeilaming tozaligini, zanglash va chirishga chidamliligini oshirish, tashqi ko'rinishini yaxshilash uchun ularga diqqat bilan ishlov beriladi. Bunda loklar, bo’yoqlar va boshqa materiallar bilan pardozlash maqsadga muvofiq; chunki bular metall va yog’och yuzalaridan yoriqlarni, chuqurchalarni yaxshi berkitib, ulami chiroyli, rangdor va yaltiroq qiladi.

Yüklə 17,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin