O‘ZBEK SHEVA VA LAHJALARIGA OID MATERIALLARNI AMALIY O‘RGANISH VA TO‘PLASH
Y O‘ R I Q N O M A S I Talaba o‘z shevasi materiallarini o‘rganish maqsadida shu sheva vakillarini suhbatga tortishi uchun quyidagi mavzularda so‘z ochishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Qishloqda yashovchilarning qaysi o‘zbek urug‘iga mansubligi.
Ushbu hudud tarixi to‘g‘risida.
Hududning nomi va ma`nolarini imkoniyat doirasida izohlash.
Qishloq vakillarining o‘ziga xos urf-odatlari.
O‘zbek xalqi tarixidagi muhim voqealar shu yerlik aholi nutqi misolida izohlab ko‘rsatish.
Sheva vakillariga xos bolalar o‘yinlari nomini yozish.
Sheva vakillariga xos o‘yinlarning nomi.
Sheva vakillariga xos kasb-hunarlarning nomini yozish.
Xalqaro ahvolga sheva vakillarining munosabatini qayd etish.
Aholi nutqida uchrovchi xalq qo‘shiqlari, ertak, doston va termalar.
Tabiat hodisalarini izohlash.
Dehqonchilik va chorvachilik muammolarini yozib olish.
Qishloq vakillari shug‘ullanadigan kasb-hunarlar haqida ma`lumotlar yig‘ish.
Bu hududda yashovchilarning milliy qadriyatlarini sanab, izohlash.
Hududdagi to‘y-tomoshalar va ularning o‘tkazilishini izohlash.
Shu kunning muhim voqealariga sheva vakillarining munosabati.
Sheva vakilining tarjimai holini so‘rash hamda kasbini so‘rash.
Har bir olingan materialning pasportida quyidagilar aks etadi:
Pasportning tartib raqami (masalan, 1 -pasport)
Viloyati; 2) tumani; 3) qishloq kengashi nomi; 4) qishloq, shahar yoxud posyolkasi; 5) sheva vakilining ismi-sharifi; 6) tug‘ilgan yili; 7) ma`lumoti, qaerlarda o‘qigani, ishlagani; 8) qaysi yozuvni bilishi; 9) ishlamagan bo‘lsa, sababi; 10) kasbi hamda ish joyi; 11) materialni yig‘ib olgan shaxsning ismi-sharifi; 12) material yozib olingan kun, oy va yil.
Bitta kishidan bir necha material olish mumkin, shuning uchun bitta pasport to‘ldirilsa bo‘ladi. Boshqa sheva vakillaridan material yozib olinganda esa, albatta, yangi tartib raqamli pasportni to‘ldirilishi shart.