Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


SHEVALAR SINTAKSISI BO‘YICHA MATERIALLAR TO‘PLASH



Yüklə 80,2 Kb.
səhifə9/11
tarix29.04.2022
ölçüsü80,2 Kb.
#56685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Деалектологик амалиёт 3 курс 2021 6

SHEVALAR SINTAKSISI BO‘YICHA MATERIALLAR TO‘PLASH

Shevalar sintaksisiniga (10tadan misol) e`tibor qaratishlari maqsadga muvofiq:



  1. 1.N Shevaga xos so‘z birikmalarini qayd etish.

  2. 2.Shevaga xos sodda gaplarni yozing.

  3. Gap tuzilishida bo‘ladigan alohida holatlarni qayd qilish.

  4. Sodda gaplarning turlarini qayd etish.

  5. Bir sostavli (bir o‘ramli) gaplarning alohida turlari uchrasa, ularni yodlab olish.

  6. Gap bo‘laklarining shevaga xos joylashish xususiyatlarini aniqlash.

  7. Sheva vakillarigagina xos so‘z birikmalari bormi?

  8. Qo‘shma gapning shevaga xos xususiyatlariga e`tibor berish va ularni yozib olish.

  9. Qo‘shma gapning shevaga xos qanday turlari uchradi?

  10. Shevadagi gaplarda gap bo‘laklari.

  11. Shevangizdagi gaplarda kiritma bo‘laklar ham qo‘llanadimi?

  12. O‘zga gapning alohida turlari uchrasa, ularni qayd qilish.

  13. Shevada bir so‘zdan iborat gaplar uchradimi?

  14. Shevangizda ajratilgan gap bo‘laklari.

  15. Shevaga xos bo‘lgan har qanday sintaktik oborot va konstruksiyalar.

  16. Murakkab konstruksiyali gap(matn)lar.

O‘ZBEK DIALEKTOLOGIYASI” FANI AMALIYOTINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA HISOBOT BERISH TARTIBI


Ushbu hisobotda quyidagilar o‘z ifodasini topishi shart:

1. Sheva materiallari yig‘ilgan hudud va amaliyotning muddati to‘g‘risida.



  1. Shu sheva aholisi o‘zbek tilining qaysi lahja yoxud shevalar guruhiga mansub ekanligi.

  2. Shevada ro‘y bergan ayrim fonetik va leksik o‘zgarishlar.

  3. Shevaning tuman hamda shahar markazidan qanchalik uzoqligi.

  4. Bu hududda o‘rganilayotgan sheva vakillari bilan yana qanday millat, elat vakillari istiqomat qilishlari.

  5. Shevaning shu guruh shevalaridan o‘zigagina xos xususityalari.

  6. Sheva vakillari nutqida boshqa tilning ta`siri bor yoki yo‘qligi.

  7. Bu sheva oldin biror bir olim tomonidan o‘rganilganmi?

  8. Sheva agar olimlar tomonidan oldin o‘rganilgan bo‘lsa, uning qaysi xususiyatlari e`tibordan chetda qolganligi haqida gapiring.

  9. Amaliyot davrida shevaga xos xarakterli xususiyatlar haqida tug‘ilgan fikr- mulohazalar yozib boriladi.

  10. Bu amaliyot vaqtida paydo bo‘lgan turli xil muammolar ham ko‘rsatiladi.

  11. Mazkur amaliyotni tashkil etish hamda uni o‘tkazish yuzasidan bildiriladigan taklif va istaklar ham iloji bo‘lsa yozib boriladi.

  12. Fayl papkaga to‘plangan materiallar yig‘iladi.

  13. Amaliyotchi kundaligi to‘ldiriladi. Amaliyot kundaligida amaliyot davrida har kungi qilgan ishlari yozib boriladi va amaliyot rahbari tomonidan tasdiqlab boriladi.

  14. Sheva vakillari bilan birga tushilgan 2-3ta rasm izohi bilan fayl papkada bo‘lishi kerak.

  15. Talaba amaliyot hisobotini shu yilning_____________.dan to________________.gacha amaliyot rahbariga yetkazish shart, aks holda bahorgi imtihonlardan qarzdor bo‘lib qoladi va shu yilning sentabr oyida qarzdor sifatida amaliyot hisobotini topshiradi.


Yüklə 80,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin